Erkin Vohidov ijodiga bag’ishlangan onlayn ilmiy anjuman o’tkazildi

Guliston davlat universitetida “Erkin Vohidovning so’z qo’llash maxorati” mavzusidagi Respublika onlay ilmiy-amaliy anjumani bo’lib o’tdi.

Respublika ilmiy-amaliy anjumanini universitet rektori Muxsin Xodjiev kirish so’zi bilan ochdi. Universitet professori Ravshanbek Mahmudov “Erkin Vohidovning ijtimoiy siyosiy, falsafiy-axloqiy qarashlari” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ilmiy-amaliy anjumanni boshlab berdi. Shuningdek, universitet professori Qozoqboy Yo’ldoshev “Yurak hurriyatiga intilgan shoir”, Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti professori Bahodir Karimov “Erkin Vohidovning adabiy-estetik qarashlari”, Farg’ona davlat universiteti professori Akbarali Sabriddinov “Erkin Vohidov she’riyatida davrning dolzarb muammolari talqini”, Samarqand davlat universiteti professori Azmiddin Nosirov “Erkin Vohidov lirikasida Vatan mavzusi”, Jizzax davlat pedagogika instituti dotsenti Usmonjon Qosimov “Erkin Vohidov – so’z ustasi”, Guliston davlat universiteti dotsenti Hayitboy Mirhaydarov “Erkin Vohidov asarlarida yumor” mavzularida ma’ruzalar qildilar. Anjumanda O’zbekiston Qaxramoni, xalq shoiri Erkin Vohidovning o’zbek adabiyotiga, o’zbek tilshunosligiga qo’shgan beqiyos hissasi haqida so’z yuritildi. Shoirning “O’zbegim”, “Inson o’zing”, “O’zbek Navoiyni o’qimay qo’ysa”, “So’z latofati” kabi ko’plab asarlari tahlil qilindi. Ulardagi vatanparvarlik, yurtsevarlik, insonparvarlik, sevgi-muhabbat, odob-axloq va falsafiy qarashlarining bugungi kundagi ma’naviy, ma’rifiy ahamiyati beqiyos ekanligi so’zga chiqqan notiqlar ma’ruzalarida tilgan olindi. Anjumanga Respublikamiz oliy o’quv yurtlarining yuz nafardan ortiq olimlarining maqolalari, tezislari kelib tushdi. “Erkin Vohidovning so’z qo’llash maxorati” mavzusidagi Respublika anjumani materiallari elektron kitob shaklda lotin yozuvida tayyorlandi.

R.Mahmudov

Matbuot kotibi

174 | 2020-05-21 13:00
Sayt bo'ylab izlash
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Rektor virtual qabulxonasi
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2020
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish