Guliston davlat universiteti talabasi xalqaro olimpiadada oltin medalni qolga kiritdi
GulDU - GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI

Bizning shior: Universitet obrosihar bir professoroqituvchi, xodim va talabaning ornomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shula, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
Guliston davlat universiteti talabasi xalqaro olimpiadada oltin medalni qolga kiritdi

2020-yilning 25-30 iyul kunlari talabalar o’rtasidagi xalqaro matematika olimpiadasi (IMC- International Mathematical Competition) onlayn tarzda o’tkaziladi. Ushbu olimpiadada 46 ta davlatdan 546 nafar talaba ishtirok etdi. Jumladan, Massachusets texnologiya instituti, Stanford universiteti, Nyu-York universiteti,  Merilend universiteti, Karnegi Mellon universiteti (AQSh), Kambridj universiteti, Manchester universiteti, Uorik universit́ti, Lids universiteti,  London universitet kolleji, London imperial kolleji (Buyuk Britaniya), Bonn universiteti, Leyptsig universiteti, Georg Avgust nomidagi Gyottingen universiteti (Germaniya), Sankt-Peterburg davlat universiteti, Moskva fizika-texnik  instituti, Iqtisodiyot  oliy maktabi (Rossiya), Tel-Aviv universiteti, Bar-Ilan universiteti (Isroil) va boshqa nufuzli universitetlardan talabalar qatnashdi.

Talabalarning xalqaro matematika olimpiadalarida munosib ishtirok etishi va iqtidorli talabalarni saralash maqsadida Matematika instituti va O’zbekiston Milliy universiteti hamkorligida “Mathematical olympiads of Uzbekistan for University Students” nomli onlayn loyiha orqali 1200 dan ortiq ishtirokchilar orasidan 17 nafar iqtidorli talaba saralab olindi.

Karim Raximov (O’zMU), Abror Pirnafasov (Rur Boxum (Ruhr-University Bochum), Germaniya) va Xakimboy Egamberganov (Sarbonna universiteti (Universite de Paris), Frantsiya)lar talabalarni xalqaro olimpiadaga tayyorlashdi.

Ushbu olimpiadada Guliston davlat universiteti va Buxoro davlat universitetidan 2 nafar, Qarshi davlat universiteti va Toshkent davlat iqtisodiyot universitetidan 1 nafardan, O’zbekiston Milliy universitetidan 11 nafar talaba 3 ta guruh bo’lib ishtirok etdi.

Olimpiada natijalariga ko’ra Guliston davlat universiteti talabasi Abdushukur Ahadov va O’zbekiston Milliy universiteti talabasi Shaxzod Quroqboyevlar oltin medalni  qo’lga kiritdilar. Bundan tashqari Guliston davlat universitetining yana bir talabasi Olimjon Jalilov munosib ishtiroki uchun maxsus faxriy yorliq bilan mukofotlandi.

O’zMU talabalari Tolibjon Ismoilov, Maftuna Samatboyeva, Jahongir To’rayev, Jasurbek Imomov, BuxDU talabasi Sobir Boymurodovlar kumush medalga ega bo’lishdi.

O’zMU talabalari Nilufar Rajabova, Doniyor Yazdanov va Davrbek Oltiboyevlar esa bronza medalga sazovor bo’ldilar.

Bundan avval Guliston davlat universiteti talabasi Abdushukur Ahadov ilmiy rahbari Matematika kafedrasi katta o’qituvchisi Jo’rabek Mamatov hamrohligida Rossiya Federatsiyasida o’tkazilgan olimpiadada oltin va Turkmanistonda o’tkazilgan olimpiadada bronza medalini qo’lga kiritgani haqida xabar bergan edik.

Talabamiz Abshukurjonning yutuqlari davomli bo’lsin!

106 | 2020-08-01 13:41

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-40-42
Faks: (0367) 225-42-75

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2020
-->