Guliston davlat universiteti rektori professor Muxsin Xodjievning Butunjahon talabalar kuni munosabati bilan talaba-yoshlarga bayram tabrigi
GulDU - GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI

Bizning shior: Universitet obrosihar bir professoroqituvchi, xodim va talabaning ornomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shula, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
Guliston davlat universiteti rektori professor Muxsin Xodjievning Butunjahon talabalar kuni munosabati bilan talaba-yoshlarga bayram tabrigi

Assalomu-alaykum aziz talabalar!

Kelajagimiz vorislari!

Bugun yurtimizda  Siz yoshlarning bayramingiz 17 noyabr - “Butunjahon talabalar kuni” hamda O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i qabul qilinganligining 29 yilligi nishonlanmoqda. Avvalambor Sizlarni, Sizlar orqali viloyatimizdagi barcha iqtidorlitalaba - yoshlarni ushbu bayram bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

Yanada quvonarlisi, shu kunlarda barcha ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlarda O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’ining 29 yilligi munosabati bilan ma’naviy - ma’rifiy tadbirlar qizg’in davom etmoqda.

Davlatimiz bayrog’i – muqaddas timsoldir. Unga katta hurmat va e’zoz bilan munosabatda bo’lish, ya’ni undan faqat qonun talablariga mos ravishda foydalanishimiz, ko’z qorachig’imizdek asrashimiz va shunday munosabatni boshqalarga ham o’rgatib, ulardan talab qilib borishimiz lozimdir.

         Qadrli yoshlar!

         Yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan bunday yuksak e’tibor va g’amxo’rliklarga javoban Sirdaryolik yoshlar ham o’zlarining samarali mehnatlari, ta’lim olishdagi muvaffaqiyatlari, sport sohasidagi olamshumul g’alabalari bilan munosib javob bermoqdalar, desam aslo mubolag’a bo’lmaydi.

Shuni faxr va iftixor bilan aytmoqchimanki, Sirdaryo yoshlari respublikamiz va jahon miqyosida o’tkazilayotgan turli bellashuvlarda, sport musobaqalarida yuqori shohsupalarga ko’tarilib, Yurtimizning ko’p ming sonli yoshlariga chin ma’noda o’rnak bo’lib kelmoqdalar.

Bugun yoshlarimizning sport va san’at sohasida erishayotgan yutuqlarini alohida g’urur va iftixor bilan aytib o’tmoqchiman.

Aziz talabalar!

Bugungi kunda dunyoda sodir bo’layotgan voqea va hodisalar, xunrezliklar, terroristik harakatlarning avj olib borayotgani, tinch aholi qirg’inbarot qilinayotgani, ta’lim muassasalar, shifoxonalar, masjidlar,  madaniy meros ob’ektlari vayron qilinayotganligi, ushbu terrorchilik harakatlarida esa yoshlarning ham ishtirok etayotgani hammamizni xavotirga solmay qo’ymadi.

Shiddat bilan o’zgarib borayotgan globallashuv davrida ekstremizm, terrorizm, “ommaviy madaniyat” kabi turli illatlar insoniyat taqdiriga jiddiy xavf solayotgan bir davrda xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodni turli yot illatlardan himoyalash, navqiron avlodni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash har qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Tinchlik – taraqqiyot va farovonlikning asosiy omili. O’zbekiston mustaqil taraqqiyot yo’lida qanday ulkan, boshqa davlatlarning havasini keltiradigan yutuq va marralarga erishgan bo’lsa, barchasining negizi yurtimizdagi tinch va osuda hayot, millatlar va fuqarolararo totuvlik, o’zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni asrab-avaylab kelayotganimizdadir.

Shu bois tinchlikni ko’z qorachig’idek asrash, doimo ogoh bo’lish, beparvolikka, beg’amlikka berilmaslik davr talabidir. Zero, yurtimizda mana shunday tinchlik, birlik va hamjihatlik hukm surar ekan, farzandlarimiz sog’lom va har tomonlama barkamol bo’lib voyaga etar ekan - mustaqil O’zbekistonimiz qudrati bundanda yuksaklarga ko’tariladi.

Qadrli yoshlar!

«Sen — qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O’zbekistonim!»  deb, hozirgacha qo’lga kiritgan muvaffaqiyatlarimizni yangi yutuqlar bilan boyitib, mamlakatimizda barcha sohalarda doimo peshqadamlar safida borishingizga ishonaman.

Sizlarni yana bir bor bugungi shodiyona bilan tabriklayman.

Sizlarga sihat-salomatlik, baxt-saodat, Vatanimizning munosib vorislari bo’lib kamol topishingizda muvaffaqiyatlar yor bo’lsin!

578 | 2020-11-17 13:59

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-40-42
Faks: (0367) 225-42-75

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2020
-->