“Bilimli avlod – buyuk kelajakning, tadbirkor xalq – farovon hayotning, do’stona hamkorlik esa taraqqiyotning kafolatidir”

Prezident Shavkat Mirziyoevning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi yuzasidan O’zbekiston XDP Sirdaryo viloyat va Guliston shahar kengashi “Istiqbol” yoshlar qanoti qoshidagi “Yosh siyosatchilar” klubi a’zolari, hamda partiya safiga yangi qabul qilingan bir guruh yoshlar va Guliston davlat universiteti talabalari ishtirokida seminar tashkil etildi. Tadbirda XDP Guliston shahar kengashi raisi, Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati Voxid Xasanov, XDP Sirdaryo viloyat kengashi yosh siyosatchilar klubi koordinatori Eldorbek Sattorov , Guliston davlat universiteti katta o’qitvchisi Nodira Djanibekova qatnashdi va yig’ilganlarga mavzu yuzasidan atroflicha ma’lumot berib, hayotiy misollar bilan barchaga etkazib berdi. Bundan tashqari, o’z safiga ko’plab bilimli, ijtimoiy faol yoshlarni birlashtirgan “Istiqbol” yoshlar qanoti to’g’risida ham qizg’in suhbat qurildi. “O’zbekiston” klubining yangi a’zolarini partiya ishida va umumun, jamiyatda faollik, yosh siyosatchi ko’rik tanlovining yangi 2019 yilgi bosqichlariga bo’ladigan tayyorgarlik va tanlov haqida ma’lumot berib o’tdi. Talabalar partiyada amalga oshiriladigan loyihalar, faol yoshlarning vazifalari nimadan iboratligi haqida ko’nikmalar hosil qilishdi.

Tadbir yakunida partiya safiga qo’shilgan yoshlarga tantanali ravishda a’zolik guvohnomalari topshirildi va “Yosh siyosatchilar” ga kelgusi faoliyatlarida omad va zafarlar tilab tadbtrga yakun yasaldi.

  

 

Matbuot xizmati.


2014 | 2018-12-27 12:56
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2019
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish