“Biz – sog’lom turmush tarzi tarafdorimiz”

2019 yil 21 fevral kuni  Guliston davlat universitetida  yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, OIVG’OITS kasalligi, giyohvandlik, ichkilikbozlik, tamaki chekish kabi zararli illatlarning oldini olish maqsadida “Biz – sog’lom turmush tarzi tarafdorimiz” mavzusida targ’ibot tadbiri o’tkazildi.

Tadbirda Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor F.Niyazov, Sirdaryo viloyati OITSga qarshi kurash markazi shifokori B.Raxmonqulov, Guliston shahar ko’p tarmoqli markaziy poliklinikasi shifokori, vrach-terapevt M.Yunusova, hamshira Sh.Tursunqulova va talabalar qatnashdi.

Tadbirda mutaxassislar tomonidan OIVG’OITS kasalligi, OIV infektsiyasi, OIV infektsiyasining yashirin davri, yuqish yo’llari, uning dastlabki belgilari,   mamlakatimizda sog’lom avlodni tarbiyalash, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, aholi genofondini asrash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, aholini OIVG’OITSdan himoyalash, sog’lom turmush tarzini targ’ib etish, tibbiy ko’rikdan o’tkazish imkoniyatlari, OIV infektsiyasi yuqishi xavfini kamaytirish mumkinligi, shuningdek, sog’lom turmush tarzining 7 qoidasi, ya’ni sport, to’g’ri ovqatlanish, zararli odatlar, kun tartibi, ijobiy kayfiyat, toza havo va shaxsiy gigiena haqida, sog’lom turmush tarzi har qanday kasalliklar profilaktikasi va salomatlik hamda kuch-quvvat garovi ekanligi, u insonning barcha qirralarini rivojlantirishi, sog’lom turmush tarziga rioya etgan odam oilasi, mehnat jamoasi, shuningdek jamiyatda o’z o’rniga ega bo’lishi, turli murakkab vaziyatlarni engib o’tishi haqida so’z yuritildi.

Guliston Davlat Universiteti 

Guliston Davlat Universiteti 

Guliston Davlat Universiteti

Matbuot xizmati.

2629 | 2019-02-22 17:21
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2019
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish