Ochiq muloqotlar oyligi tashkil etildi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tizimida 2019 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturning 5-bandida universitet professor-oʻqituvchilari va talabalari ishtirokida “Ochiq muloqotlar oyligi” doirasida uchrashuvlar tashkil etish belgilangan boʻlib, dastur ijrosini taʼminlash maqsadida Guliston davlat universitetida professor-oʻqituvchilar va talaba-yoshlar bilan “Ochiq muloqotlar oyligi“ doirasida uchrashuvlar tashkil etildi.

Ochiq muloqotlarda universitet rektori M.T.Xodjiyev, prorektorlar, fakultet dekanlari, universitet birlashgan kasaba uyushmasi raisi, universitet xotin-qizlar kengashi raisi, kafedra mudirlari, guruh murabbiylari va talabalar ishtirok etishdi.

Ochiq muloqotlar fakultetlar kesimida 2019 yilning 25 fevraldan 28 fevraliga qadar boʻlib oʻtdi. Ushbu ochiq muloqotlarda universitet rektori, t.f.d. professor M.T.Xodjiyev uchrashuvlardan koʻzlangan asosiy maqsad talabalarni yana bir bor universitet maʼmuriyati bilan yaqindan tanishtirish, ular bilan doimiy erkin muloqotda boʻlish, oʻz fikr-mulohazalari, takliflari va muammolarini erkin bayon etish uchun sharoitlar yaratish ekanligini taʼkidlab oʻtdi hamda talabalarga prorektorlar F.Niyazov, A.Sulaymonov, F.Sharipov, M.Bairbekov, fakultet dekanlari A.Yuldashev, S.Allayorov, M.Mamatqulov, J.Qarshiboyev, J.Komilov, B.Toʻychiboyev, Xotin-qizlar kengashi raisi S.Kulbayeva, Kasaba uyushmasi raisi A.Yusufaliyev, fakultetlarda faoliyat koʻrsatayotgan kafedra mudirlarini tanishtirib oʻtdi.

M.T.Xodjiyev oʻz maʼruzasida oliy taʼlim tizimida, shuningdek universitetda taʼlim sohasida olib borilayotgan oʻzgarishlar, taʼlim mazmuni va sifati, oʻquv va labaratoriya jihozlari bilan taʼminlash ishlari, ulardan samarali foydalanish, fakultetlar, kafedralar, taʼlim yoʻnalishlari, professor-oʻqituvchilar, ishchi xodimlar va talabalar kontingenti, shuningdek, qurilishi rejalashtirilgan yangi oʻquv binolari, ochilishi rejalashtirilayotgan yangi taʼlim yoʻnalishlari toʻgʻrisida maʼlumotlar berib oʻtdi. Talabalardan universitet “Odob-axloq qoidalari” bilan tanishganliklarini soʻradi, shuningdek, talabalarning tashqi koʻrinishi, kiyinish madaniyati, odob-axloqi, salomlashish odobi, tartib-intizom, universitet ichki tartib-qoidalari va odob-axloq qoidalariga rioya qilishi, bu sohada talabalar tomonidan yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar hamda bu boradagi kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tegishli koʻrsatma va fikrlarni aytib oʻtdi.

Maʼruza davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Sirdaryo viloyatiga tashrifi natijalari, viloyatda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlar, obodonlashtirish ishlari, tomorqadan unumli va samarali foydalanish zarurligi, bu borada har bir talaba oʻz xonadonlarida tomorqalarini tartibga solishi, mahallasida tomorqadan unumli foydalanish boʻyicha targʻibot ishlarini olib borish, bu bilan viloyatimiz taraqqiyotiga shaxsiy hissalarini qoʻshishlari lozimligini taʼkidlab oʻtdi.

Shuningdek soʻzga chiqqanlar universitetda iqtidorli talabalar bilan olib borilayotgan ishlar, talabalarning ilmiy ishlar bilan shugʻullanishlari, respublika miqyosida oʻtkazilayotgan turli ilmiy anjumanlar, konferensiyalarda ishtirok etishlari, turli tanlovlar, fan olimpiadalari, nomdor davlat stipendiyalar tanlovlarida ishtirok etishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar, tartib qoidalar haqida tegishli maʼlumotlar berib oʻtdi. Shuningdek, prorektor huzuridagi Ilmiy boʻlim, Iqtidorli talabalar bilan ishlash boʻlimlari mavjudligi, ularning faoliyati, talabalar ushbu boʻlimlarga oʻz ilmiy maqolalari bilan murojaat qilishlari, yoʻl-yoʻriq va koʻrsatmalar olishlari mumkinligini taʼkidlab oʻtishdi.

Shuningdek, bugungi kunda yoshlarimizning taʼlim olishlari, kasb-hunar egallashlari, sport bilan shugʻullanishlari uchun hukumatimiz tomonidan yaratilayotgan sharoitlar, imkoniyatlar, yoshlar tadbirkorligini yoʻlga qoʻyish boʻyicha berilayotgan imtiyozlar, talabalar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar, oʻzaro hurmat, tartib-intizom, kiyinish va muomala madaniyati, universitet ichki tartib qoidalariga rioya etish haqida gapirib oʻtdilar hamda har bir talaba doim oʻz ustida ishlashi, koʻproq badiiy asarlarni oʻqishi, bugungi shiddat bilan rivojlanib borayotgan jamiyatda doim hushyor boʻlishlari lozimligini aytib oʻtdi. Matbuot xizmati.

633 | 2019-03-02 11:42
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2019
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish