Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 26 fevraldagi 172-son qarori bilan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzurida

Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Jamgʻarmaga vazirlik va oliy taʼlim muassasalarining rektorlari va masʼul xodimlaridan iborat tarkibda shakllantiriladigan Kengash rahbarlik qiladi. Kengash jamgʻarma faoliyatini boshqarish va uning mablagʻlarini taqsimlash uchun masʼul hisoblanadi. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi maqsadlarda yoʻnaltiriladi:

  • oʻquv va ilmiy adabiyotlarni yaratish, chop etish va oliy taʼlim muassasalari kitob fondini toʻldirishga;
  • oʻquv binolari, talabalar turar joylari, sport inshootlari va boshqa infratuzilma obyektlarida qurilish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy taʼmirlash ishlarini amalga oshirishga;
  • axborot-kommunikatsiya, multimedia va tarmoq qurilmalari, texnikalari, vositalari hamda dasturiy taʼminotlarni xarid qilishga;
  • oʻquv va ilmiy laboratoriyalarni zarur materiallar va butlovchi qismlar bilan taʼminlashga;
  • xorijning yetakchi olim, professor-oʻqituvchi va mutaxassislarini oʻquv va ilmiy-metodik jarayoniga jalb etishga;
  • oliy taʼlim tizimida taʼlim va ilm-fan jarayonini isloh qilish
  • va takomillashtirish maqsadlarida xorijiy ekspert va konsultantlarni jalb etishga;
  • mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritishda faollik koʻrsatgan oliy taʼlim muassasalarining rahbar xodimlari va professor-oʻqituvchilarini moddiy ragʻbatlantirishga;
  • professor-oʻqituvchilar yoki talabalar oʻrtasida oʻtkaziladigan respublika tanlovlari gʻoliblarini taqdirlash va ragʻbatlantirish va boshqalarga.

Manba: Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining rasmiy telegram kanali:

https://t.me/joinchat/AAAAAEX5-AtLUa14zQYfsw

574 | 2019-03-02 11:46
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2019
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish