Seminar otkazildi

2019 yil 22 aprel kuni Guliston davlat universiteti professor-o’qituvchilari va talaba-yoshlari o’rtasida “Mehnat va bandlik sohasidagi asos bo’luvchi printsiplar va huquqlarga rioya qilish masalalari” mavzusida seminar o’tkazildi.

Seminarda Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor F.Niyazov, Sirdaryo viloyati Mehnat va bandlik bosh boshqarmasi inspektori M.Abduraxmonov, Sirdaryo viloyat prokuraturasi bo’lim prokurori M.Sulaymonov, fakultet dekan o’rinbosarlari, professor-o’qituvchilar va talaba-yoshlar qatnashdi.

Tadbirda so’zga chiqqanlar bugungi kunda mamlakatimizda aholi bandligini ta’minlashning asosiy maqsadi, davlat tomonidan yangi ish o’rinlarini yaratish, aholini ish bilan ta’minlash sohasidagi davlat siyosatining asosiy printsiplari, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 maydagi “2018-2020 yillarda Xalqaro mehnat tashkilotining O’zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan konventsiyalarini amalga oshirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 407-sonli qarori, uning mazmun-mohiyati, xodimlarni ishga qabul qilish tartibi, ish beruvchi va xodim o’rtasida mehnat shartnomasini tuzish va bekor qilish tartibi, ularning huquq va majburiyatlari, xodimga beriladigan imtiyozlar, mehnat ta’tili, moddiy va ma’naviy rag’batlantirish tartiblari to’g’risida ma’lumotlar berib o’tishdi.

  Seminar davomida talabalar bilan savol-javob va bahs-munozara o’tkazildi, yoshlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.

Guliston Davlat Universiteti Guliston Davlat Universiteti

Guliston Davlat Universiteti Guliston Davlat Universiteti

1086 | 2019-04-23 17:14
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2019
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish