Yoshlarga oid davlat siyosati amalda

    2019-yilning 27-aprel kuni universitetning Madaniyat saroyida universitet talabalaridan O’zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zosi bo’lgan, tashabbuskor, o’z intilishi va bilimi bilan namuna bo’la olgan, jamoat tadbirlarida faol ishtirok etgan bir guruh yoshlarimizga O’zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan “to’lov-shartnoma” mablag’lari to’lab berilgan yoshlarimiz hamda O’zbekiston yoshlar ittifoqi stipendiyasi sovrindorini taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.
    Taqdirlash marosimini universitet rektori M.T.Xodjiev kirish so’zi bilan ochib berdi. Universitet rektori kirish so’zida o’tgan yili shunday iqtidorli talabalar 40 nafarni tashkil etgan bo’lsa, bu yil ular soni 56 nafarga etgani Yoshlarga oid davlat siyosatining ijrosi bo’yicha oliygohda amalga oshirilayotgan ishlarning natijasi ekanligini, ular orasidan 35 nafari ilk marotaba taqdirlanishayotanligi e’tiborli jihat ekanlini ta’kidlab o’tdi.
Ushbu marosimda shuningdek O’zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyat Kengashi raisi Sh.Z.Zayniddinov, Viloyat Kengashi raisi o’rinbosari M.Haitov, Guliston shahar Kengashi raisi D.Mahmudov, universitet prorektorlari, dekanlari, professor-o’qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi.
Tadbirda bu yilda O’zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan iqtidorli talabalar uchun to’langan mablag’ 500.517.545 (besh million besh yuz o’n etti ming besh yuz qirq besh) so’mni tashkil etgan ramziy sertifikat topshirildi. So’ngra barcha nomzodlar sertifikat va esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.
Taqdirlash marosimining ikkinchi qismida ushbu o’quv yilida O’zbekiston yoshlar ittifoqi stipendiyasi sohibi bo’lgan universitet tabiiy fanlar fakulteti talabasi M.Sirojiddinov, ta’lim granti sohiblari A.Karimov va O.Pardaev hamda Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori A.Zulfiqorovlar taqdirlanishdi. Shundan so’ng marosimning badiiy qismi bo’lib o’tdi. Unda universitetning musiqa yo’nalishi talabalari tomonidan jonli ijroda musiqa va qo’shiqlar, QVZ jamoalari tomonidan chiqishlar namoyish qilindi. Matbuot xizmati.

Guliston Davlat Universiteti

Guliston Davlat Universiteti

Guliston Davlat Universiteti

Guliston Davlat Universiteti

Guliston Davlat Universiteti




898 | 2019-04-28 13:23
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2019
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish