Kitob-tafakkur qanoti

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2019-yil 19-fevralda Sirdaryo viloyatiga qilgan tashriflarida besh tashabbusni ilgari surdilar. Prezidentimiz tashabbuslarining ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 14-may kuni universitetda “Kitob-tafakkur qanoti” mavzusida O’zbekiston xalq shoiri, O’zbekiston Oliy Majlisi Senati qo’mita raisi Iqbol Mirzo bilan ijodiy uchrashuv bo’lib o’tdi.

Tadbirda universitet rektori professor Muksin Xodjiev, O’zbekiston xalq shoiri, O’zbekiston Oliy Majlisi Senati qo’mita raisi Iqbol Mirzo, O’zbekiston Respublikasi Respublikasi san’at arbobi, adabiyotshunos olim Ibrohim G’ofurov, O’zbekiston xalq artisti Hilol Nasimov, Viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlanish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari Otabek Abdug’aniev, Filologoiya fanlari doktori, professor Baxodir Karimov, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira Bahor Xolbekova, Guliston davlat universiteti professori, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Ravshanbek Mahmudov, professor-o’qituvchilar va talabalar ishtirok etishdi.

Tadbirni universitet rektori professor M.T.Xodjiev kirish so’zi bilan ochib berdi. Tadbirda so’zga chiqqanlar Iqbol Mirzo asarlarining o’ziga xosligi, iqtidorli, iste’dodli shoir ijodi falsafasining mohiyati haqida fikr bildirishdi. Kitobxonlik va umuman bugungi kunda jonajon yurtimizda kitobga bo’lgan e’tibor o’zgarayotganini va bu albatta yosh avlodni kamol topishida muhim vazifa ekanligini ta’kidlashdi. Matbuot xizmati.

 

 

 

178 | 2019-05-15 10:21
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2019
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish