Ilm-fanga etibor!

2019-yilning 24-may kuni Prezident Shavkat Mirziyoev O’zbekiston Milliy universitetida oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari, akademiklar, olimlar, yosh tadqiqotchilar bilan uchrashdi. 

Mazkur uchrashuvda Guliston davlat universiteti rektori professor M.T.Xodjiev ham ishtirok etgan edi. 27-may kuni Guliston davlat universitetining Madaniyat saroyida Prezident Sh.Mirziyoyev bilan bo’lib o’tgan uchrashuvning mazmun-mohiyatini yetkazish, unda davlatimiz rahbari tomonidan oliy ta’lim muassasalari uchun belgilab bergan vazifalar ijrosini ta’minlashga qaratilgan yig’ilish o’tkazildi. 

Yig’ilishda universitet rektori M.Xodjiev ma’ruza qilib, unda ilmiy-tadqiqot ishlarini tijoratlashtirish, kadrlar tayyorlash va ularni moddiy, ijtimoiy qo’llab-quvvatlash masalalari haqida so’zladi. 

Bundan tashqari, import o’rnini bosadigan va ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga qaratilgan ilmiy ishlanmalarni ko’paytirish, universitetdagi har bir ta’lim yo’nalishi kesimida marketing tizimini tashkil qilish zarurligini ta’kidladi. 

Asosiy masala sifatida fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini yanada jonlantirish, bu borada professor-o’qituvchilar ilmiy salohiyatini sezilarli oshirish zarurlagini ta’qidladi.

Davlat rahbari tomonidan ilgari surilgan 5ta muhim tashabbus targ’ibotchilari aynan oliy ta’lim muassasasi ekanligini qayd etilib, ushbu tashabbus ijrosi yuzasidan fakultetlar va kafedralar kesimida vazifalar belgilab berildi.

Uchrashuvda universitet Innovatsiyalar va ilmiy ishlar bo’yicha prorektor dots.A.Sulaymonov, universitet professori R.Mahmudov, Yoshlar ittifoqi universitet boshlang’ich tashkiloti etakchisi Z.Zikriyayevlar ma’ruza qilishdi.

660 | 2019-05-29 10:52
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2019
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish