Abituriyentlar diqqatiga!

2019 yil 20 iyuldan 2019/2020 oʻquv yili test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatmasi”ni tarqatish boshlanadi. “Abituriyent ruxsatmasi”ni tarqatish quyidagicha amalga oshiriladi:

1. Abituriyentlar 20-iyuldan boshlab Internet orqali Davlat test markazi www.dtm.uz rasmiy veb-saytining “Ruxsatnomani chop etish” boʻlimidagi maxsus oynaga pasport (yoki tugʻilganlik guvohnomasi) seriyasi va raqamini kiritadi.

Ekranda paydo boʻlgan “ABITURIYENT RUXSATNOMASI” va “ABITURIYENTGA ESLATMA”ni chop etib oladi.

Bularni internet tarmogʻiga ulangan kompyuter boʻlgan xoxlagan joyda: uyda, Internet klublari va boshqa joylarda amalga oshirish mumkin.

Kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar 23-26 iyul kunlari va Sirtqi va kechki taʼlim shakllari boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar 27-29 iyul kunlari yashash joyidan qatʼi nazar quyidagi tashkilotlarga murojaat etishi va ruxsatnomalarini olishlari mumkin:

-ixtiyoriy tuman (shahar)dagi Davlat xizmatlari markazlari;
-ixtiyoriy Oliy taʼlim muassasalari qabul komissiyalari;
-ixtiyoriy Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Bandlikka koʻmaklashish markazlari.

Ushbu tashkilot xodimlari DTMning www.dtm.uz rasmiy veb-saytidan yuqorida qayd etilgan tartib boʻyicha “Abituriyent ruxsatnomasi”ni abituriyentga chop etib beradi.

720 | 2019-07-20 15:22
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2019
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish