Eksperimental biologiya laboratoriyasida navbatdagi yangilik

Oʻsimlik va tuproq tarkibini shtrixli TEST CUVETAlar yordamida tezkor  analiz qilish imkoniyatlari

Universitetning “Eksperimental biologiya” laboratoriyasida AIF loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan tadqiqotlar natijalari asosida oʻsimlik organlari va mahsulotlari hamda tuproq tarkibini shtrixli TEST CUVETAlar yordamida tezkor  analiz qilish usuli yoʻlga qoʻyildi. Ushbu usulda tavsiya etiladigan namunalar tarkibidagi 20 tadan ortiq makro- va mikro- elementlarning sifat va miqdoriy koʻrsatkichlari aniqlanadi. Makro- va mikro- elementlarning miqdoriy va sifat koʻrsatkichlari asosida oʻsimliklarning oʻsishi va rivojlanishini maqsadli boshqarish imkoniyatlari tavsiya etiladi. Analiz natijalariga koʻra “SMART Fertilizer Management” dasturi orqali har bir oʻsimlik turi va navining biologik xususiyatlari hamda tashqi taʼsir etuvchi omillarni eʼtiborga olgan holda “bosqichli sugʻorish va oʻgʻitlash hamda himoya tizimini yaratish” boʻyicha kafolatli tavsiyalar beriladi. Taklif etiladigan tavsiyalar oʻsimlik nihollari toʻqimasi, tuproq tarkibidagi elementlar oʻrtasidagi genetik aloqadorlik hamda korrelyativ bogʻliqliklarni eʼtiborga olgan holda ishlab chiqiladi.

Afzalliklari: iqtisodiy tejamkorlik, ekologik toza biomahsulot, oziq-ovqat xavfsizligi.



251 | 2019-08-04 06:18
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2019
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish