Gul bayrami

Sirdaryo viloyati tarixida birinchi marta Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 28 yilligi munosabati bilan “Gul bayrami” sayli oʻtkazilishiga qizgʻin tayyorgarlik koʻrilmoqda. Viloyatdagi 70 dan ortiq tashkilot Guliston shahridagi “Yurt bayrogʻi”, “Amfiteatr”, Sirdaryo viloyat musiqali drama teatri maydonlari, “Bilimdonlar maskani” jami 5 gektar maydonga 2 million donadan ortiq nihoyatda chiroyli, xushboʻy, inson dilini yayratadigan 20 xildan ortiq anvoyi gullar ekilmoqda. Ushbu saylda Guliston davlat universiteti jamoasi ham 15 mingdan ortiq gul koʻchatlari oʻtqazdilar. Gulistonliklar “Eng ulugʻ, eng aziz” bayramimizni koʻtarinkilik, xushkayfiyat bilan kutib olmoqdalar.
Guliston shahrida 22 avgust kuni “Xalqaro forum”, “Anʼanaviy qovun sayli”, “Qushlar bayrami”, “Gul bayrami” boʻlib oʻtadi. Shuningdek, qayta taʼmirdan chiqqan Olim Xoʻjayev nomidagi viloyat musiqali drama teatrining ochilish marosimini oʻtkazish rejalashtirilgan. Guliston shahri nihoyatda chiroyli, obod, zamonaviy shaharga aylanmoqda.

.ҳ,

212 | 2019-08-24 11:02
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2019
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish