Yoshlar yetakchilari forumining ikkinchi kuni

Guliston davlat universitetida Oʻzbekistondagi oliy oʻquv yurtlari yoshlari yetakchilari forumining ikkinchi ish kuni oliygohning biolaborotoriyasi, fizika laborotoriyasi, sport inshooitlari bilan tanishishdan boshlandi. Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbus boʻyicha mashlgʻulotlar oʻtkazildi.
“Yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va sanʼatning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, isteʼdodini yuzaga chiqarish” yoʻnalishi boʻyicha birinchi tashabbus mashgʻulotini universitet professori R.Mahmudov universitet hovlisida iqtidorli musiqachi, isteʼdodli rassomlar ishtirokida olib bordi. Tabiat qoʻynida oʻtkazilgan bu mashgʻulot forum ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi. Shuningdek, qolgan toʻrtta tashabbuslar boʻyicha katta oʻqituvchilar Y.Karimov, Sh.Mahmudov, A.Abduvoxidov va Sh.Zayniddinovlar mashgʻulot oʻtkazdilar. Forum ishtirokchilari bilan kun yakunida besh tashabbus boʻyicha “aqliy hujum”, “munozara”, sport musobaqalari oʻtkazildi. Universitet rektorati tomonidan barcha forum qatnashchilariga qimmatbaho kitoblar sovgʻa qilindi.


R.Mahmudov,
Matbuot kotibi

193 | 2019-08-31 02:07
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2019
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish