Senator va yoshlar uchrashuvi

Guliston davlat universitetining majlislar zalida “Senator va yoshlar” va “Adliya va yoshlar” mavzularida uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvni universitet professori Ravshanbek Mahmudov kirish so’zi bilan ochdi va tadbirning maqsad- vazifalari senatorlar olib borayotgan ishlar, 2019 yil saylovlar yili ekanligi, Prezident maktabi, Qo’qon shahrida o’tkazilgan 1-xalqaro hunarmandchilik festivali, maktab taqdiri-kelajak taqdiri to’g’risida gapirdi.
O’zbekiston Oliy Majlis Senati a’zosi, bolalar shifokori Orifjon Qudratov 2016 yil 14 sentyabrda qabul qilingan “Yoshlarga oid davlat siyosati tug’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyati haqida gapirdi.
Tadbirda so’zga chiqqan Sirdaryo viloyati boshqarma boshlig’i Jamshid Nuritdinov saylov yilida amalga oshiriladigan vazifalar haqida gapirib, barcha yoshlarni saylovlarda faol bo’lishga chaqirdi.
Shuningdek uchrashuvda “Adolat” SDP viloyat Kengashi raisi o’rinbosari Valijon To’ychiev, O’zbekiston XDP Sirdaryo viloyati Kengashi raisi Xolboy Jalolov hamda O’zbekiston Yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi raisi o’rinbosari Murodjon Hayitovlar so’zga chiqdilar.
Suhbat nihoyatda qiziqarli, mazmunli o’tdi.

Guliston Davlat UniversitetiGuliston Davlat UniversitetiGuliston Davlat UniversitetiGuliston Davlat Universiteti

R.Mahmudov
Matbuot kotibi

232 | 2019-09-19 11:04
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2019
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish