BAYRAMINGIZ MUBORAK BOLSIN, AZIZ USTOZLAR VA MURABBIYLAR!

Universitet rektori, texnika fanlari doktori, professor Muhsin Tojievich Hodjiyevning bayram tabrigi

Aziz ustozlar va murabbiylar!
Mana, o’n ikki yildirki ta’lim tizimida 1 oktyabrni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlab kelmoqdamiz. Siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda o’z hayotini yosh avlod tarbiyasidek sharafli ishga bag’ishlagan barcha yurtdoshlarimizni 1 oktyabr – O’qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etaman.
Buyuk ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniyning: “Inson tafakkurining quvvati va kengligi avvalo muallim tarbiyasiga bog’liq” degan purhikmat so’zlari sizlarning mashaqqatli faoliyatingizga berilgan yuksak bahodir, desak, o’ylaymanki, yanglishmagan bo’lamiz.
Ushbu qutlug’ kun munosabati bilan sizlarning sha’ningizga eng samimiy va ezgu tilaklarimizni izhor etar ekanmiz, barchamizning kamol topishimiz, jamiyatda munosib o’rin egallashimizda bor bilim va tajribasini, qalb haroratini baxsh etib kelayotgan mehridaryo ustozlarimizga chin yurakdan minnatdorlik bildiramiz.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev shu yil 23 avgust kuni bo’lib o’tgan xalq ta’limi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish masalalariga bag’ishlangan videoselektor yig’ilishida  mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, bu borada oldimizda turgan dolzarb vazifalar haqida fikr yuritar ekan, ulug’ ma’rifatparvar bobomiz Mahmudxo’ja Behbudiyning “Dunyo imoratlari ichida eng ulug’i maktabdir” degan fikrini alohida ta’kidlab, bu masalaning mohiyati va ahamiyatiga atroflicha to’xtalib o’tdi.
Ma’ruzada ta’kidlanganidek, jahondagi rivojlangan davlatlar tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, ularda jamiyat hayotini o’zgartirishga qaratilgan islohotlar avvalo ta’lim tizimidan, bog’cha, maktab, tarbiya masalasidan boshlangan.
Keyingi yillarda ana shu muammolarni samarali hal etish, kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish bo’yicha mamlakatimizda ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz tomonidan xalq ta’limi tizimiga oid 6 ta farmon va qaror, Vazirlar Mahkamasining 21 ta qarori qabul qilinib, bu sohadagi islohotlarning huquqiy-me’yoriy asoslari mustahkamlandi.
Pedagog xodimlar mehnati rag’batlantirib borilmoqda. Oxirgi uch yilda o’qituvchilarning ish haqi o’rtacha 2,5 barobar oshirildi. Uzoq tumanlarga borib ishlayotgan pedagog kadrlar mehnatini rag’batlantirish bo’yicha aniq mezonlar belgilandi. Ularga 50 foizgacha qo’shimcha oylik ustamalar to’lanmoqda.
Shuni alohida ta’kidlab o’tmoqchi edimki, mamlakatimizda maktab ta’limini tubdan isloh etish bilan birga oliy ta’lim tizimini rivojlantirishga ham ustuvor ahamiyat berilmoqda. Yangi o’quv yilidan boshlab abiturientlardan hujjatlarni qabul qilish, test sinovlarini topshirishda yaratilgan yangi qulayliklar, bir yo’la uchta oliygohga hujjat topshirish uchun berilgan imkoniyatlar, kontrakt to’lovlarini oyma-oy bo’lib to’lash singari shart-sharoitlar ota-onalar va yoshlar tomonidan zo’r mamnuniyat bilan qarshi olindi.
Vatanimizning har bir farzandini o’z farzandidek sevib, ardoqlab, ularni barkamol insonlar etib tarbiyalash borasida sidqidildan mehnat qilayotgan siz hurmatli o’qituvchi va murabbiylarga tayanamiz va siz o’z zimmangizdagi bu vazifalarni albatta sharaf bilan ado etasiz deb ishonamiz.
Sizlarni yana bir bor O’qituvchi va murabbiylar kuni bayrami bilan qutlar ekanman, barchangizga sog’-monlik, mashaqqatli va sharafli mehnatingizda ulkan zafarlar, ilmiy va ijodiy muvaffaqiyatlar, oilaviy hayotingizda esa baxt, omad yor bo’lishini tilab qolaman.

Guliston Davlat Universiteti

119 | 2019-10-03 15:21
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2019
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish