2019/2020 o’quv yili kuzgi semestriga qadar oliy ta’lim muassasasidagi o’qishini ko’chirmoqchi, ko’chirib tiklamoqchi yoki qayta tiklamoqchi bo’lganlar diqqatiga!
O’qishni ko’chirish va ko’chirib tiklash bo’yicha: O’qishni ko’chirish (shu jumladan, xorijiy OTMdan ham) va ko’chirib tiklash to’g’risidagi arizalar va hujjatlar 2019 yilning 15 iyulidan 5 avgustigacha (o’sha kuni ham) bo’lgan muddatda vazirlikning hududiy ishchi guruhlari tomonidan qabul qilinadi. Arizalarni qabul qilish bo’yicha hududiy ishchi guruhlari Qoraqalpog’iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi bittadan OTMda tashkil etiladi.  Hududiy ishchi guruhlari tashkil etiladigan OTMlar ro’yxati Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2019 yilning  15 iyuliga qadar tasdiqlanadi va vazirlikning rasmiy veb-saytida va telegram kanalida e’lon qilinadi. Hu…
286 | 2019-06-14 08:54 | Batafsil
Abiturientlar diqqatiga!
Abiturientlar 5 ta OTMga hujjatlarni soddalashtirilgan tartibda topshirishlari mumkin Joriy yilning 15-iyunidan 15-iyuligacha abiturientlar quyidagi OTMlarga doimiy ro’yxatda turgan joyidan qat’i nazar Davlat xizmatlari markazlari (DXM) orqali soddalashtirilgan tartibda hujjat topshirishlari mumkin: 1. Toshkent davlat yuridik universiteti;2. Qoraqalpoq davlat universiteti;3. Guliston davlat universiteti;4. Farg’ona davlat universiteti;5. Samarqand davlat universiteti. DXMlar orqali hujjat topshirishda faqatgina 2 ta hujjat so’raladi: 👉 fuqarolik pasporti (pasport yoshiga etmaganlar uchun tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnoma);👉 umumiy o’rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi mu…
289 | 2019-06-14 08:51 | Batafsil
SAYYOR QABUL!
2019-yil 12-iyun kuni Guliston davlat universiteti Madaniyat saroyida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori Karimov Madjit Malikovich rahbarligida sayyor qabul o’tkazildi. Sayyor qabulda Sirdaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari O.Abdug’aniyev, Guliston davlat universitetining rektori M.Xodjiyev, DTMning Sirdaryo viloyati bo’limi xodimlari, Sirdaryo viloyat xalq ta’limi, kasb-hunar ta’limi, madaniyat, sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport, Davlat xizmatlari agentligi (tuman va shaharlari bilan birgalikda), Ichki ishlar, Axborot texnologiyalari, Favqulotda vaziyatlar boshqarmalari boshliqlari, “Mahalla” hayriya jam…
208 | 2019-06-13 18:28 | Batafsil
TASHABBUS-2019
2019-yilning 8-iyun kuni Guliston shahrida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o’tkaziladigan “Tashabbus-2019” ko’rik tanlovining Sirdaryo viloyat bosqichi start oldi. Ko’rik tanlov tashkilotchilari Sirdaryo viloyati hoqimligi, O’zbekiston savdo-sanoat palatasi, Respublika Markaziy banki, O’zbekiston Yoshlar ittifoqi, O’zbekiston Respublikasi hunarmandlar uyushmasi, O’zbekiston Respublikasi dehqon xo’jaligi va tomorqa er egalari Kengashi tomonidan har yili tashkil etiladigan ushbu ko’rik tanlovning bu yilgisi ham qamrov, ham yangi g’oyalar va texnologiyalarni jalb qilish borasida oldingilaridan keskin farq qilmoqda. E’tiborli jihati, mazkur tanlovga Guliston davlat universiteti jamoasi ham ya…
288 | 2019-06-08 16:12 | Batafsil
5 ta muhim tashabbus amalda: San’at festivali bo’lib o’tdi
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish bo’yicha beshta muhim tashabbusning Birinchi muhim tashabbusi-Yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarish bo’yicha Guliston shahridagi “Bilimdonlar maskani”da universitet talabalari orasida San’atning turli yo’nalishlari bo’yicha “San’at festivali” bo’lib o’tdi. Ushbu festival ishtirokchilarini taqdirlash marosimida universitet rektori M.Xodjiyev, viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo&rsquo…
229 | 2019-06-08 09:02 | Batafsil
Guliston davlat universitetining “Eksperimental biologiya” laboratoriyasidan yana bir yangilik: Batat (shirin kartoshka) Sirdaryo viloyati tuproq-iqlim sharoiti uchun tavsiya etilayotgan yangi noan’anaviy qishloq xo’jaligi o’simligi
Batat (Ipomoea batatas)ning vatani Janubiy Amerika bo’lib, asosan, tropik  mamlakatlarda, dunyoning 100 dan ortiq  davlatlarda  ekiladi. Gektaridan 800-1200 tsentner xosil olinadi. Batat kartoshkasi qalamchalaridan ko’paytiriladi. Eksperimental biologiya laboratoriyasida bir necha yillardan buyon olib borilgan biotexnologik, fiziologik va biokimyoviy tadqiqotlar asosida batatning mahalliy sharoitda o’sish-rivojlanish xususiyatlari tadqiq qilindi. Olib borilgan biotexnologik tadqiqotlar asosida batatning Sirdaryo viloyati tuproq-iqlim sharoitiga mos bo’lgan liniyalari yaratildi va Xazina-2, Xazina-3, Xazina-4, GulDU-1 va GulDU-2 nomi bilan nav sifatida davlat nav sinash komissiyasiga taqdim etildi. Batat laboratoriyada yaratilgan “Yashil texnolog…
177 | 2019-06-08 08:53 | Batafsil
Jahon bankining AIF loyihasi doirasida “Hayot Technology” hamkor tashkilot tomonidan oʻsimlik va mahsulotlarini molekulyar-genetik tahlil qilish boʻyicha seminar-trening oʻtkazilmoqda
2019 yilning 22 mayidan boshlab,  Jahon bankining AIF granti asosida hamkor tashkilot “Hayot Technology” tomonidan seminar-trening oʻtkazilmoqda. Oʻtkazilayotgan seminar-trening davomida “Eksperimental biologiya” laboratoriyasi xodimlari, doktorantlar, magistrantlar, mustaqil tadqiqotchilar ishtirok etmoqda. Seminar-treningning 2-chi kunida ishlab chiqarish korxonalari (fermer xoʻjliklari va tadbirkor qishloq xoʻjaligi) xodimlari taklif etildilar. Eksperimental biologiya laboratoriyasida oʻtkazilayotgan amaliy mashgʻulotlar davomida tadqiqotlarda foydalaniladigan zamonaviy uskunalar bilan ishlash tartibi bosqichma-bosqich tarzda namoyish qilindi. Bu tadqiqotchilar, magistrantlar uchun olib borayotgan tadqiqot rejalari bosqichlarini…
196 | 2019-06-04 22:33 | Batafsil
5 ta muhim tashabbus amalda: Sport musobaqalari g’oliblari taqdirlanishdi
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish bo’yicha beshta muhim tashabbusning Ikkinchi muhim tashabbusi-Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularni sport sohasida qobiliyatini namoyon etish bo’yicha universitet talabalari orasida Sportning turlari bo’yicha musobaqalar start olgan edi. Ushbu musobaqalarning final bosqichi yakunlanib, g’oliblarni taqdirlash marosimi o’tkazildi. Taqdirlash marosimida universitet rektori M.Xodjiev, viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari O.Abdug’aniev, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig’i A.Abd…
251 | 2019-06-06 16:49 | Batafsil
Guliston davlat universitetida “Besh tashabbus markazi” ochildi
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2019-yil 19-fevralda Sirdaryo viloyatiga tashrifi chog’ida beshta tashabbusni ilgari surdilar. Birinchi tashabbus: Yoshlarni musiqa, rassomchilik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.Ikkinchi tashabbus: Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasidagi qobiliyatlarini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo’naltirilgan.Uchinchi tashabbus: Aholi va yoshlar o’rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish uchun zarur sharoitlar yaratishga yo’naltirilgan.To’rtinchi tashabbus: Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o’rtasida kitobxonlikni keng ta…
220 | 2019-06-06 16:45 | Batafsil
Universitetda Anorning yangi navlari bo’yicha biotexnologik kollektsiya yaratildi
S-A-2018-004 “Anor (Punica granatum L)” ning biotexnologik kollektsiyasini yaratish va patogensiz ko’chatlarini olish texnologiyasini yo’lga qo’yish” mavzusida olib borilayotgan amaliy tadqiqotlar asosida anorning Respublikamiz sharoitida etishtirilayotgan 24ta navi hamda Mirzacho’l sharoitiga mos bo’lgan 1 ta AQSh (Vondeful) va 1 ta Afg’oniston (Toshqurg’on anori) davlatidan olib kelingan navlarining biotexnologik kollektsiyasi yaratildi. Shuningdek, biotexnologik usullar asosida yaratilgan patogensiz ko’chatlari universitet tajriba maydonlari hamda Mirzaobod tumanining “Asl anor” fermerlar kooperatsiyasi anorzorlarida o’stirilmoqda. Etishtirilgan anor mevalarining tarkibi “Eksperimental biologiya&rd…
185 | 2019-06-04 10:03 | Batafsil
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2019
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish