“Yashil makon — Yashar kelajak”: Filologiya fakulteti jamoasi ko‘chat ekish aksiyasida

2025-yil 3-dekabr kuni Guliston davlat universiteti Filologiya fakulteti jamoasi “Yashil makon” umumxalq loyihasi doirasida navbatdagi ezgu amaliyotni amalga oshirdi. Tadbir davomida talaba-yoshlar va ustozlar birgalikda ko‘chat ekib, atrof-muhitni obodonlashtirishga o‘z hissasini qo‘shdi.

Dastur nafaqat hududni ko‘kalamzorlashtirish, balki talabalarda ekologik madaniyat va tabiatga mehr-muhabbat tuyg‘usini shakllantirishga xizmat qildi. Ushbu tashabbus Filologiya fakultetining faol va ma’rifatli jamoasi tomonidan yuqori darajada tashkil etildi hamda “Yashil makon” loyihasiga munosib hissa bo‘ldi.


Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

Studentmisiz?