Ekofaol yoshlar tomonidan hudud obodligi yo‘lida amaliy tashabbus
2026-yil 10-may kuni Guliston
davlat universitetida tahsil olayotgan faol talabalar hamda volontyorlari
tomonidan hudud obodonlashtirish ishlari tashkil etildi.
Ushbu tashabbus doirasida fakultetga
qarashli landshaft hududi begona oʻtlardan tozalanib, atrof-muhit yanada ozoda
va ko‘rkam holga keltirildi.
Talabalarning bunday ezgu ishlarga befarq bo‘lmay, jamoaviylik ruhida faol
ishtirok etayotgani ularning nafaqat bilim olishga, balki ijtimoiy mas’uliyatni
his etishga ham katta e’tibor qaratayotganidan dalolat beradi. Bu kabi
tashabbuslar yoshlar orasida ekologik madaniyatni yuksaltirishda muhim ahamiyat
kasb etadi.





Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

.gif)


O'zbekcha
Русский
English
中文


