Guliston Davlat Universiteti
Guliston Davlat Universiteti

Bizning shior: Universitet obro'si har bir professor o'qituvchi, xodim va talabaning or-nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu'la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
Kutubxona – Nurxona
Kitob – insoniyatning so‘zdagi va xatdagi tarixi. Kutubxona esa ilm-fan, bebaho boylik, aql xazinasi va shu xazina jo bo‘lgan ma’naviy-ma’rifiy maskandir. Kutubxonachilar mana shu xazinaning xazinabonlaridir.   O’quv dargohi bir ulkan QALB bo‘lsa, shu  qalbga  NUR olib kiruvchi maskan bu kutubxonadir.   Universitet axborot-kutubxonasining tarixi, bugungi salohiyati haqida gapirishda muhim ahamiyat kasb etadi.  1966-yil iyul oyida Sirdaryo shahrida  G‘ofur G‘ulom nomidagi Pedagogika instituti tashkil etilganda, dastlab filologiya va fizika-matematika yo‘nalishlari ochilgani uchun faqat shu sohalar bo‘yicha adabiyotlar Toshkent Nizomiy nomidagi pedagogika institutidan kitoblar keltirilib, …
1763 | 2022-05-24 11:49 | Batafsil
Maktab bilan hamkorlikda kitobxonlik tanlovi o'tkazildi
2022-yilning 20-may sanasida Guliston shahar 6-umumiy o'rta ta'lim maktabi va Guliston davlat universiteti Filologiya fakulteti o'zaro hamkorlikda Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ular orasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida Kitobxonlik tanlovi o'tkazildi. Tanlovda 8-9-10-sinf o'quvchilaridan tuzilgan to'rtta jamoa ishtirok etdi. Tanlov so'ngida musobaqa ishtirokchilari va maktab jamoasiga universitet tomonidan 100 ta kitobdan iborat kitoblar jamlanmasi taqdim etildi. Shu bilan birga maktabda 5 ta muhim tashabbus doirasida o'qivchilar tomonidan turkum tadbirlar o'tkazilgani tanlovni ko'tarinki ruhda o'tishini ta'minladi.
1491 | 2022-05-20 16:07 | Batafsil
Respublika ilmiy konferensiya ish boshladi
2022-yilning 20-may kuni Guliston davlat universitetida “Falsafaning dolzarb muammolari” mavzusida Respublika ilmiy konferensiyasi o‘z ishini boshladi. Konferensiya 2022-yilning 20-21-may kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Ilmiy anjumanning rasmiy ochilish marosimini Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Z.Zikriyayev olib bordi. Anjuman ochilishida faylasuf olimlar chiqish qilishdi.Anjuman tegishli sho‘balar kesimida o‘z ishini davom ettirmoqda.
1284 | 2022-05-20 15:58 | Batafsil
Esselar tanlovi g‘oliblari taqdirlanishdi
2022-yil 17-may kuni Guliston davlat universitetida “Yangi O‘zbekistonni o‘zimiz, o‘z qo‘llarimiz bilan bunyod etamiz!” shiori ostida Respublika esselar tanlovining hududiy bosqichi o‘tkazildi. Hududiy bosqichda Guliston davlat universiteti va Toshkent kimyo-texnologiyalari instituti Yangiyer filiali talabalari ishtirok etdi. Tanlov yakuniga ko‘ra ishchi guruh tomonidan quyidagi talabalar g‘olib deb  topildi:   1-o‘rin: Berdiqulova Sevinch Toxir qizi, GulDU Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti “Iqtisod” yo‘nalishi” 71-19-guruh 3-kurs talabasi   2-o‘rin: Ibodullaeva Madina Muzaffar qizi, GulDU Pedagogika fakulteti 2-kurs talabasi   3-o‘rin: Suyunov Ziyomuhammad Erkin o‘g&ls…
1361 | 2022-05-18 11:31 | Batafsil
Guliston davlat universiteti talabalari o‘rtasida Sirdaryo viloyati sudi sudyalari ishtirokida profilaktik tadbir o‘tkazildi
2022-yil 12-may kuni Guliston davlat universitetida talabalar o‘rtasida Sirdaryo viloyat sudi sudyalari ishtirokida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish borasida profilaktik tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor F.Niyazov, Sirdaryo viloyati sudi sudyasi S.Rasulov, Sirdaryo viloyat sudi sudyasi katta yordamchisi J.Navro‘zovlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Tadbir davomida talabalarga yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, ularga belgilangan jazo turlari, jinoyatga jazo muqarrar ekani, turli firbgarliklardan saqlanish qoidalari, shuningdek,  jamoat joylarda yurish-turi…
1519 | 2022-05-12 16:02 | Batafsil
DIQQAT E’LON!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentyabrdagi “Respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  563-son qaroriga asosan Yangiyer shahri, “Shodlik” mahallasida joylashgan “Pedagogika” fakulteti hududida 2022 yilda Davlat xususiy sheriklik asosida  400 o‘rinli talabalar turar joyi binosini qurilishi rejalashtirilgan.           Yuqoridagilarni inobatga olib, mazkur qarorning:          1(a) bandi: Talabalar turar joylarini barpo etish loyihalarini tadbirkorlik sub’ektining  o‘z mablag‘lari hisobidan…
1507 | 2022-05-10 18:48 | Batafsil
Axborot texnologiyalari fakultetida «Xotira abadiy-qadr muqaddas» shiori ostida xotira tadbiri o‘tkazildi
2022-yil 7-may kuni Guliston davlat universiteti Axborot texnologiyalari fakultetida 9-may Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan «Xotira abadiy — qadr muqaddas» shiori ostida xotira tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirni fakultet dekani A.Qalandarov olib bordi. Tadbirda so‘zga chiqqan professor – o‘qituvchilar: T.Risqulov, K,Rayimov, A.Abdullayev, A.Qalandarov, M.Isroilov, G‘.Samatov, J.Mamatovlar tomonidan universitemizda uzoq yillar mobaynida sadoqat bilan yoshlarni tarbiyalashda ulkan xissa qo‘shgan ustozlarni xotirasini abadiylashtirish, ularni bosib o‘tgan hayot yo‘llarini yoshlarga singdirish, hamda fakultet jamoasi bir-birini o‘zaro hurmat qilgan holda munosabatda bo‘lish, oramizdagi barcha faxriylar…
1498 | 2022-05-07 15:11 | Batafsil
DIQQAT E’LON!
Oliy ta’lim muassasalarining Bakalavriat va Magistratura bitiruvchilari diqqatiga! Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining 2022-yil 22-apreldagi 13-son bayoni 22-bandida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-5117-qaroriga muvofiq bakalavriat va magistratura bitiruvchilariga 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab oliy taʼlim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga hamda oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga tanlovlarda milliy yoki unga mos darajadagi xalqa…
1697 | 2022-05-07 14:48 | Batafsil
“Intelektual yetuk yoshlar-buyuk kelajak garovi”
2022-yilning 6-may kuni Guliston tumanidagi 31-maktabda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida  2022-yil 5-aprel kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Guliston davlat universiteti Axborot texnologiyalari fakulteti va Guliston tumanidagi 31, 9, 25, 28-umuta’lim maktablari bilan  hamkorlikda “Intelektual yetuk yoshlar-buyuk kelajak garovi” mavzusida matematika, fizika va axborot texnologiyalari sohalari bo‘yicha seminar tashkil etildi. Tadbirni Guliston tumanidagi 31-maktab direktori R.K.Qodirov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Tadbirda GulDU Axborot texnologiyalari fakulteti dekani, f-m.f.b.f.d.(PhD), dotsent A.A.Qalandaro…
1381 | 2022-05-06 16:14 | Batafsil
Guliston davlat universitetida professor-o‘qituvchilar, hodimlari va talaba-yoshlari orasida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” shiori ostida forum o‘tkazildi
Joriy yilning 6-may kuni Guliston davlat universiteti professor-o‘qituvchilari, hodimlari va talaba-yoshlari orasida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” shiori ostida forum o‘tkazildi. Forumga universitet darvozasi oldidan boshlangan marafon start berdi. Universitet Ma’naviyat va ma’rifat markazi hovlisida forumning ochilish marosimi o‘tkazildi. Marosimda so‘z olgan universitet rektori, professor Xodjiyev Muksin Tadjiyevich ishtirokchilarga forumning maqsadi, ushbu forumdan ko‘zlangan natijalar haqida tushunchalar berib o‘tdi. Undan so‘ng, Universitet korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” bo‘limi boshlig‘i Xamzayev Bahodir  Abdukarimovich so‘z oldi va korrupsiyaning salbiy oqibatlari …
1628 | 2022-05-06 16:09 | Batafsil
Sayt bo'ylab izlash
Harakatlar strategiyasi
Ishonch telefonlari

0 (367) 225-49-12

Universitet rektoriga murojaat
Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Telegramdagi talabalar kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-40-42
Faks: (0367) 225-42-75

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2023