Guliston davlat universitetning tom ma’nodagi ilm maskaniga aylanishida o‘ziga xos ulushi, alohida xizmatlari bor, degan gapni bugungi kunda baralla aytish mumkin bo‘lgan insonlardan biri, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Umurzoq O‘ljaboyev domla edi.
Umurzoq O‘ljaboyev 1942-yilda Samarqand viloyatining Nurota tumanida tug‘ilgan. U 1959-yilda o‘rta maktabni tugatib bir yil ishlagach, 1960-65-yillarda talaba, 1965-68-yillarda aspirant sifatida Toshkent davlat universitetining (hozirgi O‘zMU) Filologiya fakultetida tahsil olgan. 1968-yilning 1-dekabridan Guliston davlat universiteti (sobiq Sirdaryo pedagogika instituti)ning “O‘zbek adabiyoti” (hozirgi “O‘zbek adabiyotshunosligi”) kafedrasida faoliyat yuri…