O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Yil talabasi - 2021” tanloviga start berildi.
Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:
1). “Yilning eng faol bilimdon talabasi” (o‘z mutaxassisligi bo‘yicha), bunda talabaning fanlarni o‘zlashtirishi va o‘quv jarayonlardagi ishtiroki va faolligi, chop etilgan maqola va tezislari hamda ularning mazmun-mohiyati, dolzarbligiga oid ishlar ko‘rib chiqiladi;
2). “Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi”, bunda talabaning oliy ta’lim muassasasi jamoat ishlaridagi va boshqa jamoat tashkilotlari faoliyatidagi amaliy ishtiroki, faollik darajasi, targ‘ibotchi s…