Guliston Davlat Universiteti
Guliston Davlat Universiteti

Bizning shior: Universitet obro'si har bir professor o'qituvchi, xodim va talabaning or-nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu'la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
Balli qizlar!
Guliston davlat universiteti San’atshunoslik fakultetining 1-bosqich talaba qizlari o‘rtasida “Balli qizlar!” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Tanlovning asosiy mavzusi Navro‘z bayrami bilan hamohang tashkil etildi. Tadbir yatkunida turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar taqdirlanishdi.
2145 | 2022-03-18 09:16 | Batafsil
Bilimdon kitobxon talaba
Guliston davlat universiteti Axborot texnologiyalari fakultetida “Bilimdon kitobxon talaba” ko‘rik-tanlovining fakultet bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda to‘rt nafar jamoa qatnashdi: 1.Tiburon 2.Fiziklar 3.Êunduz 4.Xumo   Tanlov natijalariga ko‘ra quyidagi hisob qayd etildi: 1-o‘rin: Fiziklar jamoasi 2-o‘rin: Xumo jamoasi 3- o‘rin:Tiburon jamoasi
2040 | 2022-03-17 19:09 | Batafsil
Ochiq muloqot uchrashuvlari davom etmoqda
Avval xabar berganimizdek, Guliston davlat universiteti rektori M.Xodjiyevning universitetning fakultetlar va yo‘nalishlar kesimida talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot shaklidagi uchrashuvlari boshlangan edi. Navbatdagi shunday uchrashuv Tabiiy fanlar fakulteti talbalari hamda universitet magistrantlari bilan bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda universitet rektori har bir talaba bilan muloqot qilib, ular tomonidan bildirilgan takliflarni va ko‘tarilgan masalalar yechimi bo‘yicha topshiriqlarni shu yerning o‘zidayoq mas’ullarga vazifa qilib yukladi. Rektorning talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot shaklidagi uchrashuvlar davom etmoqda. .  
1933 | 2022-03-17 18:31 | Batafsil
Sport-sog‘lik garovi!
Guliston davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti, Boyovut tumani ichki ishlar FMB va "Do‘stlik" mahalla fuqarolar yig‘ini bo’yicha yoshlar masalalari bo‘yicha xokim yordamchisi Z.Amanboyev tashabbusi bilan, mahalladagi uyushmagan yoshlar, fakultetning ijarada va talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida belgilangan reja dastur asosida sportning Voleybol, stol tennisi va kurash turlari bo‘yicha musobaqalar va to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi munosabati bilan sportning voleybol turi bo‘yicha musobaqa tashkil qilindi. Ushbu sport-sog‘lomlashtirish tadbirida 30 nafar mahalla yoshlari, 45 nafar universitet talbalari ishtirok etdi.
1950 | 2022-03-17 18:04 | Batafsil
"Made in Uzbekistan"da universitet innovatorlari
Bugun Guliston shahridagi "Tadbirkorlar va hunarmandlar markazi"da "Made in Uzbekistan" milliy mahsulotlar xalqaro ko'rgazmasi o'z ishini boshladi. Ushbu xalqaro ko'rgazmada Guliston davlat universitetining innovatorlari ham o'zlarining mahsulotlari bilan ishtirok etishmoqda. Xalqaro ko'rgazma 16 mart kuni ham davom etadi.
1915 | 2022-03-15 21:56 | Batafsil
Universitetda ijod kechasi
Guliston davlat universiteti Madaniyat saroyida elimizning ardoqli shoiri, O‘zbekiston, Qozig‘iston, Tojikiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi Muhammad Ismoilning “Muhabbatning vatani” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda Sirdaryo viloyati hokimining o‘rinbosari Otabek Nosirov, Guliston davlat universiteti rektori Muhsin Xodjiyev, universitet professor-o‘qituvchilaridan Ravshanbek Mahmudov, Obidaxon Fayzullayeva, Ixtiyor Ermatov, talabalar, shu bilan birga vohamiz ijodkorlaridan Muhammadali Ahmad, To‘lqin Ahmadaliev, Holida Pardaboyeva, Alisher Nur, Rustam Emin,  Lola Nishonova bilan bir qatorda tarix fanlari doktori, Turon Fanlar akademiyasi akademigi va Prezidenti, o‘nlab Xalqaro orden va mukofotlar sovrindori…
1959 | 2022-03-15 21:44 | Batafsil
Bitiruvchilar bandligi bag‘ishlandi
          Guliston davlat universitetining 2021-2022 o‘quv yili bitiruvchilarini ish bilan ta’minlashga qaratilgan tadbir o‘tkazildi. Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur tadbirda bitiruvchi talabalarni viloyatdagi umumta’lim maktablari direktorlariga tanishtiruv bo‘lib o‘tdi. Tadbir jarayonida universitet rektori M.Xodjiyev va viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i O.Donaboyevlar nutq so‘zlashdi.           Tadbir yakunida bitiruvchilar va ish beruvchilar o‘rtasida shartnomalar imzolandi.
1903 | 2022-03-15 21:30 | Batafsil
Talabalar bandligiga e’tibor qaratildi
Guliston davlat universiteti rektori M.Xodjiyevning talaba-yoshlar bilan ochiq mulqoqt shaklidagi uchrashuvlarining navbatdagi manzili Yangiyer shahrida joylashgan Pedagogika fakultetida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda talabalarning o‘quv faoliyatini yanada yaxshilab borasidagi takliflari tinglandi. Maktabgacha ta’lim yo‘anlishi talabalarining bandligi ta’minlash maqsadida, Davlat sherikchilik asosidagi xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan kelishuv doirasida, darsdan bo‘sh vaqtlarida ularni bog‘chalarga jalb qilinishi yo‘lga qo‘yildi.
2186 | 2022-03-14 09:46 | Batafsil
Oliy ta'limdagi islohotlar: GulDU misolida (viedo)
Oliy ta'limda islohotlar!Guldu Professori H.Qo'shiyev: "Guliston davlat universitetida Jahon banki ishtirokida oliy ta'limni modernizatsiya qilish jarayonlari jadallik bilan olib borilmoqda." * Olima ayollar safi kengaymoqda
2264 | 2022-03-14 08:50 | Batafsil
Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha markazlar ko‘paytiriladi
Avval xabar berganimizdek, Guliston davlat universiteti Rektori M.Xodjiyevning fakultetlar va ta’lim yo‘nalishlari kesimida talabalar bilan ochiq muloqot shaklidagi uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda. 11.03.2022-yil sanasida navbatdagi ochiq muloqoqt uchrashuvi Filologiya fakultetining “O‘zbek tili va adabiyoti” ta’lim yo‘nalishi talabalari bilan bo‘lib o‘tdi.             Universitet rektori talabalar bilan birma-bir suhbatlashib, ularning fikrlarini, taklif va e’tirozlarini o‘rganib chiqdi. Ko‘p sonli talabalar tomonidan “Arab” va “Fors” tillarini o‘rganish masalasidagi til markazi tashkil etish bo‘yicha takliflari yuz…
1939 | 2022-03-12 08:16 | Batafsil
Sayt bo'ylab izlash
Ishonch telefonlari

0 (367) 225-49-12

Universitet rektoriga murojaat
Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Telegramdagi talabalar kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-40-42
Faks: (0367) 225-42-75

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2023
PreviousNext -->