Guliston Davlat Universiteti
Guliston Davlat Universiteti

Bizning shior: Universitet obro'si har bir professor o'qituvchi, xodim va talabaning or-nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu'la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
Guliston davlat universitetiga 2021-yil yanvar-sentabr oylarida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar haqida ma’lumot
Guliston davlat universitetiga 2021-yil yanvar-sentabr oylarida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 137 ta murojaat qabul qilingan. Shundan: Virtual qabulxona orqali kelgan murojaatlar soni  - 72 ta Og‘zaki                                                               - 39 ta Yozma                                …
2384 | 2021-10-20 10:31 | Batafsil
Saylov mening taqdirimda
Mamlakatimizda eng yirik siyosiy jarayon- O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi munosabati bilan universitet rektori M.T.Xodjiyev Jismoniy madaniyat fakultetida faol, iqtidorli va lider talabalar bilan "Saylov- mening taqdirimda" mavzusida davra suhbati  o‘tkazdi. Ucharsuhvda saylov jarayonlarida yoshlarning faol ishitirok etishini targ‘ib qilish, fakultet binosida joylashgan saylov uchastkasidagi tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirilib, tegishli ko‘rsatmalar berildi.
1937 | 2021-10-19 16:26 | Batafsil
Xushxabar!
Guliston davlat universiteti Axborot texnologiyalari fakulteti “Matematika” ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich talabasi Ibroximova Gulchehraxon Isroil qizi14-16.10.2021 kunlari Farg‘ona shahrida bo‘lib o‘tgan sportning “Bahodirlar o‘yinlari va tosh ko‘tarish” turi bo‘yicha bolalar va o‘smirlar sport maktablari o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Malumot o‘rinda shuni qayd etish joizki, Ibroximava Gulchehraxon Isroil qizi sportning “Og‘ir atletika” turi bo‘yicha 15 karra O‘zbekiston, 1 karra Osiyo va 1 karra Jahon chempionligini qo‘lga kiritgan. Universitet rektorati G.Ibroximovaning kelgusi faoliyatida muvafaqqiyatlar tilaydi…
1978 | 2021-10-19 16:07 | Batafsil
Guliston davlat universitetida o‘quv jarayonini “4+2 dastur”i asosida tashkil etish bo‘yicha yaratilgan klasterli yondashuvlariga asoslangan “O‘quv ilmiy kompleks”
2021-2022 o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonida Guliston davlat universitetida o‘quv jarayonini “4+2 dastur”i asosida tashkil etish mexanizmi ishlab chiqildi. Bugungi kunda universitetda ta’lim jarayoni aynan ishlab chiqilgan ushbu “4+2 dastur”i asosida tashkil etilgan.Ushbu dasturni o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor professor H.Qo‘shiyev quyidagicha ta’riflaydi: Dastur ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasi tizimi asosida yaratilgan klasterli yondashuvlarga asoslangan innovatsion jarayon. Bunda har bir ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tegishli mutaxassislik fanlaridan amaliy mashg‘ulotlar to‘liq tanlangan ishlab chiqarish korxonalari, tashkilotlar va muassasalar bazasida o‘tkaziladi…
2783 | 2021-10-17 11:29 | Batafsil
Ta’lim tizimida temir intizom talab etiladi
            Guliston davlat universitetida 2021 yilning 11-oktabridan 11-noyabriga qadar “Ta’lim sifati oyligi” tashkil etildi. Oylik davomida ta’lim jarayonini tashkil etish va boshqarishda, fanlardan o‘quv mashg‘ulotarni olib borish jarayonini yuqori darajada yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq har bir holat chuqur tahlil qilinadi, ilg‘or texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha ochiq darslar tashkil etiladi.             Oylikni o‘tkazish jarayoni bilan bog‘liq holatlarni ta’riflash va tavsiflashda “Ta’lim tizimida temir intizom talab etiladi”, deydi o‘quv ishlari bo‘yicha pr…
1771 | 2021-10-15 17:57 | Batafsil
Talaba - yoshlardan chorlov...
#Kelajaging_uchun_ovoz_ber!
1029 | 2021-10-15 00:06 | Batafsil
G‘OLIBLAR TAQDIRLANDI
Guliston davlat universitetida tashkil etilgan "Yoshlar va saylov" forumi doirasidagi turli musobalarda g‘olib bo‘lgan yoshlar munosib e'tirof etildi. Jumladan, "Zakovat", "Huquqiy viktorina", "Shashka", "Shaxmat" kabi ma'naviy-ma'rifiy, sport musobaqalari ko‘plab yoshlarni qamrab oldi. Taqdirlash marosimida "Targ‘ibot poyezdi" loyihasi a'zolari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining universitetdagi boshlang‘ich tashkilot a'zolari va g‘oliblar ishtirok etishdi. Faollar esa, universitet rektori tomonidan faxriy yorliq va jahon hamda o‘zbek adabiyoti durdonalari bo‘lgan badiiy asarlar bilan taqdirlanishdi.
1221 | 2021-10-14 23:54 | Batafsil
ZAKOVAT, HUQUQIY VIKTORINA, SHAXMAT VA SHASHKA
Saylov yaqinlashgani sari muhim siyosiy jarayon haqidagi bilimimiz ham oshib borishi darkor. Bu borada esa, turli ma'naviy hamda aqliy salohiyatni oshiradigan bellashuvlarning tashkil etilishi yoshlarni qiziqtiradi. Talabalarni saylov jarayonlarida faol ishtirok etishga chorlash maqsadida Guliston davlat universitetida o‘tkazilgan "Yoshlar va saylov" forumi doirasidagi "Zakovat", "Huquqiy viktorina" tanlovlari qizg‘in munozalarga boy bo‘ldi. Ayniqsa, sportning shashka va shaxmat turi bo‘yicha talabalarni qamrab olgan bellashuvlar murosasiz davom etdi. Bu kabi tadbirlar yoshlarning siyosiy ongini rivojlantiradi.
1179 | 2021-10-14 23:35 | Batafsil
UCHRASHUV - ILM VA ZAKOVAT MAYDONIGA AYLANDI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylov o‘tkazilishi arafasida mamlakatimiz butun dunyo e'tibor markazida turibdi. Bu borada esa, har bir tashkilot tomonidan yoshlar va umumiy aholining siyosiy ongini rivojlantirish maqsadida turli tadbirlar, loyihalar tashkil etilmoqda. "Yoshlar va saylov - 2021", "Yoshlar va Saylov" loyihasi ham Guliston davlat universiteti talabalarini birlashtira oldi. Dastlab, universitetning madaniyat saroyida "Targ‘ibot poyezdi" loyihasi a'zolari, viloyat Adliya boshqarmasi, viloyat Yoshlar ishlari agentligi boshqarmasi, Yoshlar ittifoqi xodimlari, "Kelajak liderlari" klubi a'zolari hamda talabalar bilan uchrashuv o'tkazilib, savol-javob tarzida yoshlarning bilim va salohiyati oshirildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga …
1303 | 2021-10-14 23:29 | Batafsil
Sayt bo'ylab izlash
Harakatlar strategiyasi
Ishonch telefonlari

0 (367) 225-49-12

Universitet rektoriga murojaat
Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Telegramdagi talabalar kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-40-42
Faks: (0367) 225-42-75

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2023