29-sentabr kuni Guliston davlat universitetida “O‘qituvchilar va murabbiylar kuni” nishonlandi. Ushbu kunga atab universitetda bayram dasturxoni tuzaldi. Tadbirda universitet rektori, texnika fanlari doktori, professor Muxsin Tadjiyevich Xodjiyev barcha professor-o‘qituvchilarni kasb bayramlari bilan tabriklab, muhtaram Prezidentimiz tomonidan “Uchinchi Renessans”ni barpo etishdek buyuk va ezgu maqsadni ro‘yobga chiqarishda kuch-g‘ayrat tiladi.
Tadbirda bir faxriy ustozlar, ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyatida yutuqlarga erishgan bir guruh professor-o‘qituvchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi. Tadbirda bayram oshi tarqatilib, san’atshunoslik fakult…