Abdulla Oripovning 80 yilligiga
Abdulla Oripov – o‘zbek she’riyatiga o‘ziga xos katta hissa qo‘shgan iqtidorli, iste’dodli shoir. Abdulla Oripov inson ruhiyatini tez sezadigan uning kechinmalarini she’rga sola biladigan ijodkor. She’r – aql, idrok his-tuyg’u farzandi. Shoirlik Xudodan, ilohiy tuyg’uning mujassamlashishidan, uning ta’sir kuchini kuchliligini sezishdan, idrok qilishdan va ko’ngilga, yurakdagi tuyg’ularni qog’ozga tushira bilishdir. Abdulla Oripovning bu jihatdan olganda boshqalardan ajralib turadigan hislati tevarak-atrofidagi go’zallikni, voqea-hodisalarni tez ilg’ay olish qobiliyati ustunligida va har qanday oddiy voqea-hodisaga falsafiy g’oya, mazmun yuklay olish q…