22–23-iyun kunlari Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi, IT-Park, Sirdaryo viloyati hokimligi va viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari hamkorligida viloyatda ilk bor talabalar va iqtidorli yoshlar o‘rtasida xakaton ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Ko‘rik-tanlov viloyat yoshlari, shu jumladan oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirokida xavfsizlik, ta’lim, sog‘liqni saqlash, transport, kommunal va xizmat ko‘rsatish sohalarini o‘z ichiga olgan “Smart siti” loyihasi bo‘yicha tashkil etildi.
Ko‘rik-tanlov yakunida eng yaxshi loyihalarni taqdim etgan 3 ta jamoa g‘olib deb topilib, ularga viloyat hokimining qimmatbaho sovg&lsqu…