Guliston Davlat Universiteti
Guliston Davlat Universiteti

Bizning shior: Universitet obro'si har bir professor o'qituvchi, xodim va talabaning or-nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu'la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
QABUL-2021: Barcha abituriyentlar va ularning ota-onalari diqqatiga!
Ertaga, 20-iyun kuni 2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlanadi. Bunda abituriyentlar telefon raqamini avtorizatsiyadan o‘tkazib, pasport ma’lumotlari, doimiy yashash manzili va tugatgan ta’lim muassasasi bo‘yicha ma’lumotlarni kiritishlari, shuningdek, imtiyozlari mavjud bo‘lsa, ularni tekshirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini kiritishlari mumkin. Ta’lim yo‘nalishlarini esa 2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari belgilanib, ti…
5466 | 2021-06-19 19:42 | Batafsil
Qutlov!
Guliston davlat universiteti “Ingliz tili va adabiyoti” kafedrasi o‘qituvchisi Ayaqulov Nurbek Abdug'appor o'g'li  10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog'ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha “Ingliz va o'zbek tillarida sport terminlarining qiyosiy-tipologik tadqiqi” mavzusida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya himoyasi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01 raqamli Ilmiy kengashda 2021-yil 18-iyun kuni 100 foizlik ovoz bilan himoya qildi.
4312 | 2021-06-19 12:17 | Batafsil
Prezident Farmoniga muvofiq OTMning bakalavriat va magistratura imtihonlari internet orqali jonli efirga uzatiladi
Xabaringiz bor, 2021-yilning 16-iyun kuni O‘zbekiston Republikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–6247-son Farmoni qabul qilindi. Farmon bilan barcha davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ochiq ma’lumotlar sifatida joylashtirilishi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar ro‘yxati (33 ta) tasdiqlandi. Farmonga ko‘ra, davlat organlari va tashkilotlari o‘z faoliyatiga oid hisobotni har yili: — martgacha veb-saytlariga joylashtirib, 10 martgacha uni jamoatchilik ishtirokida muhokama etish haqida xabar beradi;…
4941 | 2021-06-19 12:15 | Batafsil
Oliy ta’lim tizimidagi ustuvor vazifalar belgilandi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 16-iyun kuni oliy ta’lim tizimidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yoshlarni bilim va malakali etib tarbiyalash, jahon taraqqiyotiga mos mutaxassislar tayyorlash maqsadida ta’lim tizimi izchil rivojlantirilmoqda. Oliy ta’lim sohasidagi dastlabki islohotlar, avvalo, qamrovni oshirish, institut va universitetlarning moliyaviy holatini yaxshilash, professor-o‘qituvchilarni moddiy qo‘llab-quvvatlashga qaratildi. Jumladan, oxirgi 3 yilda oliy ta’lim muassasalari soni 65 tadan 117 taga yetdi, qabul o‘rinlari 66 mingtadan 181 mingtaga oshdi. Ularning moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi. Xorijiy mamlakatlar bilan qo‘shma ta’lim dasturlari…
3848 | 2021-06-19 12:10 | Batafsil
Guliston davlat universiteti talabasi “Tokio 2020” olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritishga yaqin turibdi
Sportning akademik eshkak eshish turi bo‘yicha Italiyaning Vareza shahrida o‘tkazilgan Xalqaro “Regata” musobaqasida Sirdaryo viloyati sportchilari Qo‘chqorov Otabek hamda Bo‘riboyeva Feruzalar ikki kishilik eshkak eshish (miks) yo‘nalishida 8.45.39 vaqt ko‘rsatkichi bilan kumush medal sohiblari bo‘lishdi. Mazkur nufuzli sport musobaqasida 30 dan ortiq davlatdan kelgan sportchilar Tokio Olimpiyadasi yo‘lanmasi uchun ham bellashishdi. Ushbu musobaqa reyting natijalari shu oy yakunida e’lon qilinadi.  Akademik eshkak eshish bo‘yicha viloyatimiz terma jamoasi murabbiylari F.Xamraqulov, B.Atamurodovlarning ma’lumot berishlaricha sportchilarimiz Qo‘chqorov Otabek hamda Bo‘riboyeva Feruzalarni T…
5144 | 2021-06-17 14:31 | Batafsil
5 muhim tashabbus tadbirlari davom etmoqda
Guliston davlat universitetining San’atshunoslik fakulteti professor o‘qituvchilari tomonidan Guliston shahridagi “Nihol” MFYda istiqomat qiluvchi aholi ichidan vaqtincha bandligi ta’minlanmagan yoshlar uchun san’atning “Musiqa, raqs va teatr” turlari bo‘yicha to‘garaklar tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda ushbu to‘garakka qatnashayotgan yoshlar tajribali ustozlar tomonidan san’atning o‘zlariga qiziqarli bo‘lgan sohalari sir-asrorlarini o‘rganishmoqda. Ushbu to‘garaklar faoliyatidan san’at yo‘nalishi bo‘yicha oliy ta’limda o‘qishni davom ettirish istagida bo‘lgan maktab bitiruvchilari va ularning ota-onalari nihoyatda xursand. Besh muhim tashabbus d…
4819 | 2021-06-16 11:53 | Batafsil
Malaka oshirish kursining navbatdagi tinglovchilariga sertifikatlar topshirildi
🔰 Ma’lumki, Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan “Bilimlarni baholash testlarini ishlab chiqish nazariyasi va amaliyoti” bo‘yicha 36 soatga mo‘ljallangan malaka oshirish kurslari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, muntazam tarzda har oy o‘tkazib kelinmoqda.   📌 Navbatdagi malaka oshirish kursi Guliston davlat universiteti va Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar uchun tashkil etildi.   📆 Malaka oshirish kursi 27-maydan 2-iyunga qadar har kuni o‘tkazildi.   ✅ Unda 29 nafar talabgor ishtirok etib, malaka sertifikatiga ega bo‘ldilar.   👨🏻‍💻 Ma&rsqu…
5895 | 2021-06-15 16:17 | Batafsil
TAYINLOV
            O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021-yil 14-iyundagi ¹ 187-K buyrug‘i bilan Qo‘shiyev Habibjon Hojiboboyevich Guliston davlat universitetining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlandi
4159 | 2021-06-14 11:23 | Batafsil
RASMIY MUNOSABAT
Bugun-12.06.2021-yil sanasida ijtimoiy tarmoqlarda “Sirdaryoda fuqarolarni Guliston davlat universitetining sirtqi bo‘limiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgarlarning kirdikorlari fosh bo‘ldi” hamda “Guliston davlat universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 3 kishidan 6,4 ming dollar pul olgan shaxslar qo‘lga olindi” mavzusida xabarlar tarqadi. Mazkur xabarlarda aytilishicha: Sirdaryo viloyatiing Xovos tumanida yashovchi fuqaro O.A. va boshqalar oldindan til biriktirib, 3 nafar fuqaroni o‘zlarini Guliston davlat universitetida ishlovchi “Sh.”ismli tanishi orqali universitetning sirtqi bo‘limiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga ularning 6 400 AQSh dollarini qo‘…
4198 | 2021-06-12 20:37 | Batafsil
«Respublika jaslar hawazı» festivali bo‘lib o‘tdi
2021-yilning 7-10-iyun kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Boʻzatov tumanida "Yoshlar ovozi" festivalining Respublika bosqichi boʻlib oʻtdi. Bu festivalda Respublikaning barcha viloyatlaridan turli yoʻnalishdagi eng iqtidorli yoshlar ishtirok etishdi. Ushbu festivalda Guliston davlat universitetining Filologiya fakulteti Adabiyotshunoslik kafedrasining ijodkor talabalari Quddusbek Asadullayev va Rashid Xoʻjamovlar sheʼriyat yoʻnalishi boʻyicha Sirdaryo viloyati nomidan munosib ishtirok etishdi.
4890 | 2021-06-12 15:43 | Batafsil
Sayt bo'ylab izlash
Ishonch telefonlari

0 (367) 225-49-12

Universitet rektoriga murojaat
Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Telegramdagi talabalar kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-40-42
Faks: (0367) 225-42-75

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2023
PreviousNext -->