2018-yil 24-yanvar kuni M.Ulug’bek agrosanoat KHK o’quvchilari Guliston davlat universitetiga tashrif buyurishdi. O’quvchilar universitetning Yoshlar markazi, kompyuter sinflari, o’quv zallari, o’quv laboratoriyalari, sport zal, katta va kichik faollar zali, Talabalar turar joylari, ARM va boshqa diqqatga sazovor joylar bilan tanishtirildi. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo’yicha prorektor F.Niyazov va kafedralar professor-o’qituvchilari tomonidan tadbir ishtirokchilari bilan uchrashuvlar va suhbatlar tashkil qilinib, ta’lim yo’nalishlari va ularga muvofiq keluvchi fanlar bo’yicha, fakultetlar faoliyati hamda ularni qiziqtirgan boshqa savollar yuzasidan tegishli ma’lumotlar berildi. Univer…