Guliston davlat universitetida Navroʻz bayrami munosabati bilan “Besh muhim tashabbus” doirasida sportning Arqon tortish, tosh ko‘tarish, kurash, armrestling, volleybol va futbol turlari boʻyicha talaba yoshlar oʻrtasida musobaqalar tashkil etilgan boʻlib, bugun 17-mart sanasida final bahslari boʻlib oʻtdi. Shuningdek, universitetining “Zakovat” klubi tomonidan maxsus bayram soni tashkil etildi. Sanʼatshunoslik fakultetining moʻyqalam sohiblari esa bayramga atab oʻz ijod namunalarini namoyish etishdi.
Musobaqa gʻolib va sovrindorlarini taqdirlash universitetning Maʼnaviyat va maʼrifat markazida tashkil etilib, tadbirni universitet rektori M.Xodjiyev tabrik soʻzi bilan ochib berdi. …