Qabul2025: Xorijdagi vatandoshlar uchun qoʻshimcha davlat grantlari asosida oʻqishga qabul qilish uchun tanlov eʼlon qilinadi!

 💠O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2025-yil 18-iyuldagi F–43-son farmoyishi bilan o‘zbek tili va adabiyoti, tarix, madaniyat, san’at va hunarmandchilik yo‘nalishlarida o‘qish istagini bildirgan, xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun 30 ta davlat granti ajratilgan.

💠Vatandoshlar uchun taqdim etiladigan davlat grantlariga talabgorlardan tegishli oliy ta’lim muassasalar tomonidan 2025-yil 10-oktabr kuniga qadar arizalar qabul qilinadi. “Vatandoshlar uchun” davlat grantlariga o‘tkaziladigan tanlovlarda ishtirok etish uchun nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

⚫️shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar asosida nomzodning o‘zi yoki ota-onasi yoxud yaqin qarindoshi; etnik, til va madaniy-tarixiy nuqtayi nazardan o‘zini o‘zbek yoki qoraqalpoq sifatida identifikatsiya qilgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lishi; O‘zbekiston hududida tug‘ilib, istiqomat qilgan, biroq, hozirda xorijda doimiy istiqomat qilayotgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lishi;

⚫️xorijiy fuqaro sifatida Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatdagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan biriga abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tib, suhbat natijalariga ko‘ra talabalikka tavsiya etilgan bo‘lishi;

⚫️30 yoshga to‘lmagan bo‘lishi;

⚫️o‘zbek tilini bilishi lozim.

Maxsus tanlovlar talabgorlar tomonidan tanlangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga kirish fanlaridan o‘tkaziladi. Bunda fanlar majmuasiga ko‘ra:

⚫️kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun tanlangan oliy ta’lim tashkiloti tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladi;

⚫️natijalari oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan talabgorlar uchun Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan test sinovlari o‘tkaziladi; ⚫️kirish imtihonlari test shaklidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan test sinovlari o‘tkaziladi. Maxsus tanlovlar natijalariga ko‘ra ballar ketma-ketligi bo‘yicha eng yuqori natija qayd etgan talabgorlar tanlov yo‘nalishlari kesimidagi o‘rinlarga muvofiq davlat granti sovrindori hisoblanadi.

☎️ Murojaat uchun telefon:

+998672251847

+998672250350


Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?