Xalqaro ilmiy stajirovka boshlandi

Guliston davlat universiteti Kimyo kafedrasi tayanch doktoranti Egamberdiyev Xayrullo Komiljonovich Turkiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasasi — Karabuk Universitetida ilmiy stajirovkasini muvaffaqiyatli boshladi.

Stajirovkaning dastlabki kunlarida u universitet rahbariyati, Muhandislik fakulteti va Kimyo kafedrasi jamoasi bilan uchrashib, kimyo yo‘nalishidagi dolzarb ilmiy tadqiqotlar hamda hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashdi. Shuningdek, zamonaviy ilmiy laboratoriyalar va tadqiqot infratuzilmasi bilan tanishdi.

Tomonlar qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, Scopus va Web of Science bazalarida maqolalar chop etish, laboratoriyalardan o‘zaro foydalanish hamda doktorant va yosh tadqiqotchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.

Mazkur stajirovka Guliston davlat universiteti va Karabuk Universiteti o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.


Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?