ITEC dasturi doirasida xalqaro ilmiy stajirovka
Guliston davlat universiteti Kimyo kafedrasi o‘qituvchisi, 3-bosqich tayanch doktoranti Abdushukurova Xilola Kuchkarovna Hindiston Respublikasida joylashgan nufuzli ilmiy muassasa — Central Revenues Control Laboratory (CRCL), New Delhida ITEC (Indian Technical and Economic Cooperation) dasturi asosida xalqaro ilmiy stajirovkada ishtirok etmoqda.
Mazkur stajirovka doirasida zamonaviy kimyoviy tahlil usullari, laboratoriya nazorati, analitik metodlarning xalqaro standartlari hamda ilmiy-amaliy tajribalar chuqur o‘rganilmoqda. Jumladan, CRCL laboratoriyasining bojxona va aksiz nazorati, kimyoviy ekspertiza hamda mahsulotlar sifatini tahlil qilish yo‘nalishlaridagi ilg‘or tajribalari bilan yaqindan tanishilmoqda.
Central Revenues Control Laboratory (CRCL) Hindistonning yetakchi ilmiy-tadqiqot markazlaridan biri bo‘lib, yuqori aniqlikdagi analitik tadqiqotlari va xalqaro ilmiy hamkorliklari bilan e’tirof etilgan.
Ushbu xalqaro stajirovka kimyo sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni yanada rivojlantirish, o‘quv jarayoniga ilg‘or xalqaro tajribalarni joriy etish hamda xalqaro ilmiy aloqalarni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.


.jpg)

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

.gif)


O'zbekcha
Русский
English
中文



