Respublika miqyosidagi ilmiy-nazariy anjumani

Guliston davlat universitetida 2019 yil 14-15 mart kunlari universitet professori, “O’zbekiston xalq shoiri To’ra Sulaymon tavalludining 85 yillligi munosabati bilan o’tkaziladigan “To’ra Sulaymon ijodida ma’naviy-ma’rifiy tarbiya masalalari” mavzusidagi Respublika miqyosidagi ilmiy-nazariy anjumaniga taklif qilamiz.

Ilmiy-nazariy anjumanning ochilishi universitetning katta madaniyat saroyida 2019 yil 14 mart kuni soat 10:00da boshlanadi.

Ilmiy-nazariy anjuman ishida quyidagi sho’’balar faoliyat ko’rsatadi:

  1. To’ra Sulaymon asarlarining o’zbek badiiy adabiyoti taraqqiyotiga ta’siri.
  2. To’ra Sulaymonning o’zbek ma’naviyati va ma’rifatida tutgan o’rni va roli.
  3. To’ra Sulaymonning o’zbek tilshunosligiga qo’shgan hissasi.
  4. Ma’naviyat va ma’rifat taraqqiyotida shoir asarlarining ilmiy, badiiy ahamiyati.
  5. To’ra Sulaymon asarlarida barkamol inson qiyofasi.

Anjumanga maqola va tezislar o’zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi.

Maqola va tezislarga quyidagi texnik talablar quyiladi:

1)              Maqola va tezis sarlavhasi o’rtada, 14 shriftda, qoraytirilgan harflarda beriladi;

2)    bir satrdan so’ng muallifning avval ismi, keyin familiyasi birinchi qatorda, ilmiy darajasi, faoliyat yuritayotgan tashkiloti nomi keyingi qatorda o’ng tomonda kursiv shaklida, 14 shrift o’lchamda, oralig’i 1 intervalda keltiriladi, uning tagidan elektron pochta manzili yoziladi;

3)              Maqola va tezis matni boshlanadi. Matnda harflar o’lchami 14 shriftda, o’ngdan 3 sm, chapdan 1,5 sm, yuqori va pastdan 2 sm joy qoldiriladi, xat boshilar 1 sm ni tashkil qiladi, satrlar oralig’i 1,5 intervalda bo’lishi lozim;

4)              Maqola matni 5 betdan kam bo’lmasligi, tezis matni 3 betdan oshmasligi kerak. Adabiyotlar ro’yxati alifbo tartibida matn oxirida beriladi. Adabiyot manbaiga havola kvadrat qavslarda, adabiyotlar ro’yxatidagi tartib nomeri asosida ko’rsatiladi. Internet manbasining foydalanilgan sanasi ko’rsatilishi lozim.

Maqolalar va tezislar to’plam shaklida chop etiladi, belgilangan talablarga javob bermagan hamda ko’rsatilgan muddatdan kech yuborilgan maqola va tezislar chop etilmaydi.

Manzil: Guliston shahri, 4-mavze GulDU bosh binosi, 2-qavat 210-xona.

Ilmiy maqola va tezislar quyidagi elektron manzilda 2019 yil 5 martiga qadar qabul qilinadi: Elektron pochta: ravshanbek.jalilov@mail.ru, abdualiyevich0506@mail.ru, mirzoulugbeksoniy@mail.ru

Bog’lanish uchun telefonlar: R.Mahmudov +99891 5017636; (67) 2254313; (67) 2253801.

 

Tashkiliy qo’mita

1005 | 2019-03-15 15:54
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2019
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish