Rektor va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi
Har o‘quv yili mobaynida Guliston davlat universiteti rektori Muxsin Xodjiyevning universitet talabalari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tishi an’anaga aylangan. 2021-yil 9-ferval sanasida GulDU rektorining ushbu o‘quv yilida birinchi bosqchiga qabul qilingan talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Rektor M.Xodjiyev talabalarga universitetdagi yangiliklar, yangi fakultetlar, yangi yo‘nalishlar, yangi magistratura yo‘nalishlari, “Besh muhim tashabbus” haqida batafsil ma’lumotlar berdi. Shuningdek, talabalarga stependiya berilishidagi yangiliklar tushuntirildi. Uchrashuv yakunida talabalarni qiziqtirgan ko‘plab savollarga javob berildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
