AQSh universiteti o'qituvichisi Guliston davlat universitetida dars beradi
AQShning Arkanzas Universiteti Xalqaro til markazining o’qituvchisi Gavin Nelson xonim Guliston davlat universitetida Ingliz tilini o’qitishni rivojlantirishga yo’naltirilgan grant loyiha (Spring International Language Center-SILC) doirasida talabalarga dars beradi.
Kuni kecha AQShlik o’qituvchi universitetga yetib keldi. Gavin Nelson xonim universitet rektori professor M.T.Xodjiyev tomonidan qabul qilindi. Qabul jarayonida Guliston davlat universiteti va AQShning Arkanzas Universiteti Xalkaro til markazi o’rtasidagi xamkorlik aloqalarini mustaxkamlashning istiqbollari muhokama qilindi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
