Guliston davlat universitetida ta’lim jarayonini boshqarish to‘liq raqamli-elektron tizimga o‘tkazilmoqda
Bugungi kunda universitet devorlarida qog‘ozlarda aks etgan dars jadvallari osilgani yo‘q. Barcha professor-o‘qituvchilar, talabalar o‘zlarining dars jadvallarini HEMIS dasturidan, internet tarmog‘iga ulangan universitetning ichki ta’lim portalidan, universitet foyesida o‘rnatilgan elektron-interaktiv doskva va Infokiosklar orqali ko‘rishlari mumkin.
“Elektron dars jadvali” universitet bosh dispetcheri tomonidan boshqariladi, deydi o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor professor H.Qo‘shiyev. Elektron tizimning juda ko‘p qulayliklari bor.
Birinchidan, professor-o‘qituvchi va talabalar ixtiyoriy-majburiy holda internet, axborot texnologiyalari vositalari bilan doimiy ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘ldilar.
Ikkinchidan, elektron-raqamli murojaatlar asosida zarurat bo‘lgan taqdirda tegishli o‘zgartirish kiritib, mashg‘ulotlarning barbod bo‘lishining oldi olinadi.
Uchinchidan, elektron-raqamli dars jadvali saqlovchi qurilmalari orqali o‘tilgan mashg‘ulotlar vaqti saqlanib qoladi. Bu professor-o‘qituvchilarni o‘quv mashg‘ulotlarini o‘z vaqtida o‘tishlarini ta’minlab, o‘tilmagan mashg‘ulotlarni “qo‘shimcha qayd” qilib qo‘yish holatlarining oldini oladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
