RASMIY XABAR
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 01-10/6536-sonli xatiga asosan joriy yildan boshlab Oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga tanlovlarda milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi belgilangan. Unga ko‘ra, oliy ta’limdan keyingi ta’limga kirish istagidan bo‘lgan talabgorlar uchun (milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega talabgorlar bundan mustasno) Davlat test markazi tomonidan alohida xorijiy tilni bilish darajasini aniqlash malaka imtihonlari tashkil etiladi. Shu munosabat bilan, 2023-yil uchun Guliston davlat universitetining oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklari bo‘yicha chet tili fanidan 2022-yilning 15-noyabr sanasida o‘tkazilgan imtihon bekor qilinadi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
