2023-yil 22-dekabr kuni Guliston davlat universiteti rektori M.T Xodjiyev bilan universitet madaniyat saroyida talaba-yoshlarni qiziqtirgan masalalar, taklif hamda murojaatlarni manzilli hal qilish maqsadida “Rektor va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.
Yoshlar forumi doirasida tashkil etilgan ochiq muloqotda universitetda ta‘lim sifatini oshirish, talabalar uchun qulay ilmiy va innovatsion muhit yaratish hamda ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha ma’lumotlar berildi. Shuningdek, uchrashuvda turli ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar tomonidan taklif, murojaatlar bildirildi hamda tegishli vazifalar belgilab olindi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
