SOG‘LOM HAYOT UCHUN 5000 QADAM!
Guliston davlat universitetida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish va universitet jamoasini ommaviy sportga jalb etish maqsadida 18-mart kuni erta tongda professor-o‘qituvchilar hamda ishchi-xodimlar ishtirokida “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam!” shiori ostida piyoda yurish marafoni o‘tkazildi.
📌 Nega aynan 5000 qadam?
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, ortiqcha vazn va semizlik global muammoga aylanib bormoqda. Uning oldini olishning eng samarali yo‘li – faol harakat va sog‘lom ovqatlanish! Har kuni kamida 5000-10000 qadam yurish yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olishga, immunitetni mustahkamlashga va umumiy hayot sifatini oshirishga xizmat qiladi.
🏃♂️ Marafon ishtirokchilari nafaqat sport bilan shug‘ullanishdi, balki sog‘lom ovqatlanish, muntazam jismoniy mashqlar va stressni boshqarish bo‘yicha muhim tavsiyalar olishdi. Tadbirning ijobiy natijalari inobatga olinib, endilikda universitetda haftaning har seshanba va juma kunlari “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam!” kuni etib belgilandi!
💪 Sog‘lom tanada – sog‘lom tafakkur!
Universitet jamoasini muntazam harakat qilish va sog‘lom hayot tarzini shakllantirishga chorlaymiz!

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring