DARAXT VA BUTALARNI BERUXSAT KESISH JARIMA TO‘LASHGA SABAB BO‘LADI
Daraxtlar va butalarni kesishga ruxsatnoma olish uchun so‘rovnoma bilan
Davlat xizmatlari Markazlariga fuqaroning o‘zi kelib murojaat etishi yoki Yagona
interaktiv davlat xizmatlari portalidan foydalanishi mumkin.
Tabiiy omillar yoki o‘simliklar zararkunandalari, kasalliklari ta’sirida
shikastlangan, quriyotgan yoki qurib qolgan, shuningdek odamlarning hayoti va sog‘lig‘iga,
yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga xavf solayotgan daraxtlar va butalarni
kesish uchun ruxsatnoma to‘lovni amalga oshirmasdan beriladi.
Yuridik va jismoniy shaxsning mulki bo‘lgan va ular tomonidan yog‘och-taxta
va hosil olish uchun ekilgan daraxtlar va butalarni(terak va tez usuvchi navlar,
tut plantatsiyalari, mevali daraxtlar va butalar) kesishga ruxsatnoma talab etilmaydi.
Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni ruxsatnoma olmasdan
kesish taqiqlanadi.
Ruxsatnoma berish jarayonini amalga oshirishda, xududiy ekologiya va atrof
muhitni muhofaza qilish organlari o‘z xulosalarini tumanlar(shaharlar) hokimliklariga
yuboradi, tumanlar(shaharlar) hokimliklari Davlat ekologiya qo‘mitasi organlarining
xulosalariga asosan ruxsatnomalar beradi. Ruxsatnomani berish sxema bo‘yicha amalga
oshiriladi. Davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun BHMning 30 foizi miqdorida yig‘im
undiriladi.
Daraxtlarni, butalarni, boshqa o‘simliklarni va nihollarni
qonunga xilof ravishda kesish, shikastlantirish, yo‘q qilish va boshqa joyga ko‘chirib
o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga
muvofiq jarimaga sabab bo‘ladi.
Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni
kesish uchun xam ruxsatnoma talab etiladi.
Xususan fuqaro o‘z uyi atrofida o‘sib yotgan daraxt va
butalar uning yashab turgan uyi, elektr liniyalari, tevarak atrof, uning sog‘lig‘i
va boshqa turda zarar yetkazish xavfi mavjud deb hisoblasa, bu haqida Davlat xizmatlari
Markazlariga kelib murojaat etishi yoki davlat xizmatlari portalidan ro‘yhatdan
o‘tishi kerak.
Fuqaro ariza beryotganda so‘rovnomani to‘ldirishi, davlat
xizmatini ko‘rsatilishi uchun yig‘imni to‘lashi kerak. O‘z navbatida DXM tomonidan
mazkur so‘rovnoma tuman(shahar) hokimligiga va Davlat ekologiya qo‘mitasiga yuboriladi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi 5 kun mobaynida daraxtlar va
butalarni holatini, shuningdek ularning kesilishi bo‘yicha muvofiqligini o‘rganadi.
Hamda tuman(shahar) hokimligiga, shuningdek DXMga yoki ariza beruvchiga davlat xizmatlar
portali orqali ruxsatnoma berish uchun to‘lov miqdorini ko‘rsatgan holda xulosani
yuboradi.
Ariza beruvchi 4 ish kuni mobaynida ijobiy xulosa olingandan so‘ng xulosada ko‘rsatilgan
miqdorda ruxsatnomani berish uchun to‘lovni amalga oshirishi zarur. Tuman (shahar)
xokimliklari 1 ish kuni mobaynida Davlat ekologiya qo‘mitasi organining ijobiy xulosasi
mavjud bo‘lganda ruxsatnomani berish uchun to‘lov to‘langanidan so‘ng ruxsatnomani
rasmiylashtirib, o‘zining ERI bilan tasdiqlaydi. Ruxsatnomani DXMga (o‘zi kelib
murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga(elektron tarzda murojaat etgan taqdirda)
yagona iteraktiv davlat xizmatlari portali orqali yuboradi.
Sirdaryo
viloyat sudi sudyasi
A.Suvonqulov
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
