Xotira va ma’rifat dargohiga tashrif
8-sentyabr kuni Guliston davlat universiteti rektori M.Xodjiyev universitet huzuridagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida rektor muzey ilmiy xodimlari va tarixchi olimlar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, bu dargohda amalga oshirilgan kapital ta’mirlash ishlari, eksponatlar tartibi hamda moddiy-texnika bazasi bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, u mazkur muzeyning ta’lim jarayonidagi ahamiyatini alohida ta’kidlab, talabalar uchun amaliy mashg‘ulotlarni aynan shu tarixiy muhitda o‘tkazish zarurligi bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Kapital ta’mirdan chiqarilgan mazkur ma’rifat maskani yangi o‘quv yili arafasida foydalanishga topshirildi.
Bu dargoh — yoshlar xotiradan ibrat oladigan, tarixdan kuch va ma’naviyat oladigan muqaddas maskandir.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
