“Besh tashabbus olimpiadasi” – Guliston davlat universitetida sport bahslari boshlandi!

Bugundan boshlab Guliston davlat universitetida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi sport musobaqalariga start berildi. Ushbu olimpiada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining topshirig‘iga asosan tashkil etilib, uning bosh maqsadi — talabalarimizning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va yoshlar iqtidorini ro‘yobga chiqarishdir.

20–30-sentabr kunlari o‘tkaziladigan bellashuvlarda mini-futbol, voleybol, stol tennisi, yengil atletika va stritbol bo‘yicha fakultetlararo jamoalar o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazadi. Fakultet ichki bosqichlarida g‘olib chiqqan jamoalar keyingi bosqichlarda nafaqat universitet, balki respublika miqyosida ham chempionlik uchun kurashadilar.

Ochilish marosimida so‘zlga cjiqganlar ushbu sport olimpiadasini “yoshlar uchun birlik, do‘stlik va kuch-g‘ayrat maydoni” sifatida e’tirof etishib, barcha ishtirokchilarga omad tilashdi.

Ishonchimiz komilki, bu olimpiada talabalarimiz uchun faqat g‘alaba va yutuqlarni emas, balki jamoaviy ruh va do‘stlik rishtalarini ham mustahkamlaydi.


Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?