Gonkong bilan hamkorlik: yangi xalqaro imkoniyatlar va istiqbolli rejalar

Guliston davlat universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori D.Eshmurodov Xitoy xalq respublikasidagi xizmat safarida The University of Hong Kongda rasmiy uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda mezbon universitet tomonidan yozgi maktab dasturlari direktorining o‘rinbosari Winnie Chen hamda xalqaro aloqalar bo‘yicha dastur menejeri Iris Ip ishtirok etdi.

Muzokaralar davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Tomonlar o‘zaro manfaatli aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish, talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun xalqaro imkoniyatlarni kengaytirish bo‘yicha aniq kelishuvlarga erishdi.

Xususan, muzokaralar yakunida quyidagi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib olindi:

Guliston davlat universiteti talabalari uchun Gonkongda tashkil etiladigan yozgi maktab dasturlarida muntazam ishtirok etish imkoniyatlarini yaratish;

professor-o‘qituvchilar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish maqsadida master-klasslar, seminar va treninglar tashkil etish;

xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar, simpozium va forumlarda ikki tomonlama faol ishtirokni yo‘lga qo‘yish.

Mazkur uchrashuv ikki universitet o‘rtasidagi akademik hamkorlikni mustahkamlash, ta’lim sifatini oshirish va ilmiy salohiyatni rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. Shuningdek, ushbu kelishuvlar talabalar uchun global ta’lim muhitida bilim olish imkoniyatlarini kengaytirib, professor-o‘qituvchilar uchun esa xalqaro ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, bunday hamkorlik aloqalari nafaqat ikki universitet, balki O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasidagi ta’limiy va ilmiy aloqalarni mustahkamlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Ma'lumot o'rnida: The Chinese University of Hong Kong dunyo miqyosidagi QS-Top reytingida biznes va iqtisodiyot yo'nalishida kuchli bilim berish bo'yicha 1- o'rinda, umumiy OTMlar reytingi bo'yicha 11-o'rinda qayd etiladi.


Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?