Professor Taner Ozcan (Turkiya)

Bugungi kunda oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, ilmiy tajriba almashish va ta’lim sifatini oshirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu nuqtai nazardan, Guliston davlat universitetida Turkiyaning nufuzli oliy ta’lim maskanlaridan biri — Balıkesir universiteti professor-o‘qituvchilarining tashrifi alohida e’tiborga loyiqdir.

 Mazkur tashrif doirasida universitetning yetakchi olimlaridan biri, professor, doktor Taner Ozcan Dorivor o‘simliklar va botanika kafedrasi talabalari uchun qator mazmunli dars mashg‘ulotlarini olib bormoqda. Ushbu mashg‘ulotlar Botanika, Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi hamda Fitotsenologiya kabi muhim fanlarni qamrab olgan bo‘lib, talabalar uchun nazariy bilimlarni mustahkamlash va zamonaviy ilmiy yondashuvlarni o‘rganishda muhim manba bo‘lib xizmat qilmoqda.

 Dars jarayonlarida professor Taner Ozcan tomonidan xalqaro tajribaga asoslangan ma’lumotlar, yangi ilmiy qarashlar va innovatsion metodlar keng yoritilmoqda. Bu esa talabalar bilim darajasini oshirish bilan birga, ularning ilmiy tafakkurini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

 Shuningdek, tashrif doirasida Dorivor o‘simliklar va botanika kafedrasi professor-o‘qituvchilari bilan ham samarali uchrashuvlar tashkil etildi. Ushbu uchrashuvlarda tomonlar o‘zaro ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, maqolalar chop etish, talabalar va tadqiqotchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish kabi istiqbolli yo‘nalishlar yuzasidan fikr almashdilar.

 Mazkur tashrif nafaqat ilmiy va ta’limiy aloqalarni mustahkamlash, balki ikki universitet o‘rtasidagi uzoq muddatli ilmiy hamkorlik uchun mustahkam zamin yaratishi bilan ham ahamiyatlidir. Kelgusida bu kabi hamkorlik aloqalari yangi ilmiy yutuqlar, innovatsion ishlanmalar va xalqaro miqyosda raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashga xizmat qilishi kutilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?