Qabul 2026: Kasbiy (ijodiy) imtihonlar nazorat ostida
Kasbiy (ijodiy) imtihonlarning ochiqlik, shaffoflik va xolislik tamoyillari asosida yuqori saviyada tashkil etilishini ta'minlash maqsadida Guliston davlat universiteti rahbariyati hamda nazorat guruhi a'zolari imtihon jarayonlarini bevosita kuzatdi.
Monitoring davomida belgilangan tartib-qoidalarga qat'iy rioya etilishi, baholash mezonlarining adolatli va xolis qo‘llanilishi, shuningdek, abituriyentlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, ota-onalar uchun tashkil etilgan "Ota-onalar kutish joyi" faoliyati bilan tanishilib, ushbu hududda kasbiy (ijodiy) imtihonlarni jonli efir orqali real vaqt rejimida kuzatish imkoniyati yaratilgani alohida e'tirof etildi.
Guliston davlat universitetida qabul jarayonlarining barcha bosqichlari ochiqlik, shaffoflik va adolat tamoyillari asosida tashkil etilmoqda.






Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

.gif)


O'zbekcha
Русский
English
中文



