“IT Queens – Kelajakni yaratuvchi qizlar” tanlovining hududiy bosqichi Guliston davlat universitetida o‘tkazildi
2026 yil 2-oktyabr kuni Guliston davlat universitetida Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talaba-qizlarning axborot texnologiyalari, IT va robototexnikadan foydalanish imkoniyatlarini va amaliy ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish maqsadida “IT Queens – Kelajakni yaratuvchi qizlar” respublika tanlovining hududiy bosqichi bo'lib o'tdi. Unda Guliston davlat universiteti, Guliston davlat pedagogika instituti hamda Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali qizlari ishtirok etdi. 8ta yo'nalishda o'tkazilgan tanlovda 4 ta yo'nalish bo'yicha GulDU talabalari fahrli 1-o'rinni egallab respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdilar. Ushbu natija universitet talaba-qizlarining axborot texnologiyalari va innovatsiyalar sohasidagi bilim va salohiyati, izlanuvchanligi hamda zamonaviy kasbiy ko‘nikmalarni egallashga bo‘lgan intilishining yorqin ifodasi bo‘ldi.





Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

.gif)


O'zbekcha
Русский
English
中文



