Guliston davlat universitetida “Lu Ban” ustaxonalari tashkil etiladi
Guliston
davlat universitetida xalqaro hamkorlikni amaliy natijalarga yo‘naltirish,
zamonaviy texnologiyalarni ta’lim jarayoniga joriy etish va talabalar uchun
yangi kasbiy imkoniyatlar yaratish yo‘lida muhim qadam tashlanmoqda.
Guliston
davlat universiteti va Xitoyning Tianjin yengil sanoat kasb-hunar
texnika kolleji o‘rtasida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga
qaratilgan kelishuvlarga erishildi.
Muzokaralar
yakunida Guliston davlat universiteti rektori Muxsin Xodjiyev
hamda Xitoy Kommunistik partiyasi qo‘mitasi kotibi Li Yunmey
ishtirokida Guliston davlat universitetida “Lu Ban” ustaxonalarini
bosqichma-bosqich tashkil etish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi
imzolandi.
“Lu Ban” ustaxonalari — zamonaviy kasblar, ilg‘or texnologiyalar va
amaliy ta’lim uyg‘unligi!
Mazkur
ustaxonalar talabalarning nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan
mustahkamlash, xalqaro tajribani o‘rganish va mehnat bozorida talab yuqori
bo‘lgan kasblarni egallashiga xizmat qiladi.
Dastlab
ustaxonalarni quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etish rejalashtirilgan: Muqobil
energiya manbalari, sun’iy intellect, to‘qimachilik,
tikuvchilik.
Hamkorlik
faqat ta’lim jarayoni bilan cheklanib qolmaydi. Xitoylik tadbirkorlar bilan
birgalikda O‘zbekiston korxonalarida dual ta’limni yo‘lga qo‘yish,
talabalar uchun ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish va ularning
kelgusida ish bilan ta’minlanishiga ko‘maklashish masalalari ham muhokama
qilindi.
Shuningdek,
talabalarning zamonaviy kasbiy ko‘nikmalarni egallashi, xalqaro tajriba asosida
tayyorgarlikdan o‘tishi va tegishli sertifikatlarni olish imkoniyatlarini
kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Asosiy maqsad — bilimli, zamonaviy texnologiyalarni puxta egallagan va
xalqaro mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash.
Guliston davlat universitetida Lu Ban ustaxonalarining tashkil etilishi ta’lim, ishlab chiqarish va xalqaro hamkorlikni birlashtirish, talabalarni kelajak kasblariga tayyorlash hamda universitetning innovatsion salohiyatini oshirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ladi.










Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

.gif)


O'zbekcha
Русский
English
中文



