Bolalarga bering dunyoni

Joriy yilning 2 iyun kuni Guliston davlat universiteti hamda “Bolalar shaharchasi” hamkorligida “Bolalarga bering dunyoni” shiori ostida o’tkazilayotgan aktsiya doirasida “Har bir qiz bo’lg’usi ona” nomli ko’rik-tanlov tashkil etildi.

Ushbu tanlovni universitet rektori, prof. M.T.Xodjiev ochib berdi. U barcha bolajonlarni 1-iyun - “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” bilan tabriklab, esdalik sovg’alarini topshirdi.

Shundan so’ng bellashuv boshlandi. Bellashuvda universitetimiz talabalari Odina Jo’raqulova, Maftuna Ma’murova, Aziza Zulfiqorova va GulmiraTurdiqulovalar qatnashdi.

Tanlov 3 shart bo’yicha o’tkazildi.

1-bolajonlar bilan badantarbiya mashg’ulotlarini bajarish,

2-bolajonlarga nonushta tayyorlab berish,

3-bolajonlarga ertak aytib berish.

Bellashuv natijasiga ko’ra Zulfiqorova Aziza 47 ball to’plab tanlov g’olibiga aylandi.

Tanlov ishtirokchilari va g’oliblariga universitet rektorining maxsus diplomi va estalik sovg’alari topshirildi.

 Guliston Davlat Universiteti Guliston Davlat Universiteti

Guliston Davlat Universiteti Guliston Davlat Universiteti

Guliston Davlat Universiteti Guliston Davlat Universiteti

Guliston Davlat Universiteti Guliston Davlat Universiteti

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?